Sunday, November 01st, 2009 | Author: Behzod
Ichim to’la g’alati bir his,
Bilmay qoldim, nima yashirin.
O’ylarimdan qolar dardli iz –
Tolmoqdaman olgan sari tin.
Yolg’iz qoldim, boshlanar bu hol.
Xayolimdan sirqir qora qon.
Ishlarimdan qo’l siltab darhol
Ketgim kelar bosh oqqan tomon.
Vujudimda horg’in iztirob,
Dardlarimni dardga o’rayman.
Ruhim bo’lib qoldimi betob?
O’z-o’zimdan shuni so’rayman.
Keng dalaga yo’limni bursam,
Yotsam bag’rim berib tuproqqa,
Yoz oqshomi yulduz sanasam,
Borsam edi bug’doy o’roqqa…
Onajonim qadoq qo’llarin
Yuzga bosib uxlasam uzoq,
Mayli, qayta uyg’onmasam ham,
Qiyin sog’inch bilan yashamoq!
2005-yil
Category: Adabiyot

judayam chiroyli chiqgan ekan!! Qoyil!
Poeziya daftarimdegi she’rlar soni ko’payadigan bo’ldi!!:)