15:11. Bugun “PR Foundations” darsida kursdoshim Jo Vatikan hamda boshqa nasoro guruhlarining “Da Vinchi kodi” filmiga nisbatan ko’rsatgan munosabatlari etikaga qanchalik to’g’ri kelishi haqidagi yozma ishini himoya qildi. Gap men tashlagan savoldan so’ng so’z erkinligi huquqi ostida diniy e’tiqodlarni tahqirlash mavzusiga taqaldi.
Guruhlarning filmga munosabati qanchalik etikaga to’g’ri kelishi mavzusini bahs etishdan oldin, avvalo, diniy e’tiqodni buzib ko’rsatuvchi, hatto tahqirlovchi kitob yozish yoki film yaratish qanchalik etikaga to’g’ri keladi, degan savol tashladim. Kursdoshlarimning deyarli barchasi so’z erkinligi bunga ruxsat beradi, deyishdi. Juda bo’lmaganda, AQSHda, deb qo’shimcha qilishdi. Biroz bahsga kirishdik. Darsdan so’ng, Lesley, Jo va Karol bilan ayni suhbatni tashqarida davom ettirdik. Payg’amabrimiz Muhammad (sav) haqida Daniyada chizilgan suratlar mavzusi ham yodga olindi…
Umuman, qiziq mavzu. Meni doim bu masala o’ylantiradi. So’z erkinligi insonga istalgan narsani gapirish yoki qilish huquqini beradimi? Bu huquq shunchalar cheksizmi?
Bu haqda kengroq maqola yozib, blogimga qo’ymoqchiman. Ammo bu ko’p izlanishni, vaqtni talab etadi. Fursat masalasida hozir qashshoqman. Nasib qilsa, yaqin orada bu haqda yozaman.

Friday, 13. November 2009
So’z erkinligi va diniy tahqirlashlar o’rtasidagi chegara masalasi meni ham anchadan buyon qiziqtirib keladi.
Bunday fikrlarning uygonishiga Dan Brownning bir qator asarlari, xususan Robert Langdon bilan bo’lib o’tadigan voqealar seriyasi ancha jonlantirgan.
Ilk bora Da Vinci Code ni o’qiyotganimda nosarolar oilasida edim, hammaga shov-shuv bo’lgan bu kitobni o’qishim nima uchun o’sha oila a’zolarida tashvish tug’dirganini keyinroq angladim.
Sizni bu borada izlanmoqchi ekanligingiz quvonarli hol, bu ishni tezroq amalgan oshirishingizni kutib qolamiz.
Monday, 1. February 2010
Agar sodda olib qaraganda, albatta, so’z erkinligi chegarasi mavjud. va bu chegara chizig’i, insoniylik, tarbiya, istihola, kamtarlik, sharm – hayo, ibo boshlanuvchi territoriyada to’htaydi. lekin agarda inson deb ataluvchi mavjudot faqat so’z erkinligi uchun yuqorida sanab o’tilgan hislatlardan yuz o’giradigan bo’lsa, unda o’z hirsini qondirmoqchi bo’lgan hayvondan farqi qolmaydi. zaundz@mail.ru
Monday, 1. February 2010
ZaundZ, fikrlaringiz uchun rahmat. Juda haqli masalani ko’taribsiz.
Hozir yangi joyga ko’chganman:
Bu blogga post qilmay qo’ygandim.
http://kundalik.wordpress.com
Yangi manzilimizda ham mana shunday mazmunli va zarur bo’lsa tanqidiy mulohazalaringizni kutib qolaman.
Behzod.
Wednesday, 3. February 2010
BU yerda ham o’quvchilaringiz ko’p ekan, shu yerda ham yozavering.
Wednesday, 3. February 2010
Blogger.uz siyosiy gaplarni ham ko’taraveradimi?