Sahifa haqida

Ushbu blog kaminaning shaxsiy sahifasi hisoblanadi. Unda muallif ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy mavzularda fikr yuritadi. Shuningdek, boshqalar bilan baham ko’rishni istagan ichki kechinmalarim hamda ijod namunalarimni qo’yib borishni ham rejaga kiritganman.
Blogni ochishdan asosiy maqsad O’zbek tili o’quvchilari bilan ijtimoiy hayot, siyosat, ma’naviyat hamda ma’rifat mavzularida o’rtoqlashish. Voqealarga munosabat bildirishda shaxsiy nuqtai nazarga yondoshiladi. Chiqarilgan xulosalar biror guruh yoki doiraning rasmiy qarashi yoki yagona haqiqat sifatida da’vo qilinmaydi. Lekin xabar tarzida beriladigan yangiliklarda xolislikka alohida e’tibor qaratiladi. Bunda maqsad o’quvchida munosabatni shakllantirish emas, balki uni bo’lgan voqeadan xabardor qilish, xolos.
Diniy mavzularda bildirilgan munosabatlar, fikrlar faqat muallifga tegishli. Xatoliklar, noto’g’ri xulosalar bo’lsa, bunda qusur Islomdan emas, balki muallifning nodonligidan, deb bilinsin. Ushbu mavzuning nozikligini hamda mas’uliyatini his qilgan holda, ilmim yetmagan masala haqida yozishdan tiyilishga harakat qilaman.
Istalgan mavzuda xato yoki kamchilikka duch kelsangiz, muallifni zudlik bilan ogohlantirishingizni so’raymiz.
Bunda mavzular ostiga munosabat yozish orqali o’z so’zingizni qoldirishingiz mumkin.

Hurmat bilan,

Behzod.