Rishton tumani 1-iqtidorli bolalar litseyi yotoqxonasi, 1999-yil.Bugun dashtdagi makkani chopgani bordik. Akam velosipedda, men esa piyoda. Chunki tepaga ikki kishini tortmaydi. Dashtga maktabimiz oldidan o’tamiz. Meni hayajon qoplab olgan. Chunki bu yo’ldan roppa-rosa sakkiz yil qatnadim-da. Maktabga sakkiz yil shag’al yo’lda qatnadik. Faqat bu yilgina asfalt qilindi. buni sakkiz yil kutdik. Yangi yo’lda yurish endi ukalarimizga nasib qiladigan bo’ldi.
Keng yo’lda piyoda ketyapman. Bu yo’ldan yurmaganimga sal kam bir yil bo’lyapti. Chunki men hozir tumanimiz markazidagi 1-litseyda o’qiyapman.
Atrof deyarli o’zgarmagan. Faqat ba’zi uylarning qayta ta’mirlangani ko’chani biroz o’zgartirgan.
Xirmon yig’iladigan kolxoz shiyponidan o’tishim bilan yo’l keskin burilib, maktabimiz ko’rindi. Balandga ip tortishib, bayroqchalar ilib qo’yishibdi. Yangi yil uchun qo’yishgan bo’lsa kerak. Haliyam olishmabdi.
Maktabimiz oldiga yetib keldim. Uning nomi darvoza tepasiga rangli bo’yoqlar bilan chiroyli yozib qo’yilgan: “Rishton tumani Z.Hamroqulov nomidagi 48-umimiy o’rta ta’lim maktabi”.
Maktabning ko’cha tomondagi devori nurab qolibdi. Yangi o’quv yili boshlanishiga bir oycha vaqt qolgan bo’lsa, nahotki hali ham ta’mirlashmagan bo’lsa?!
Xayolim bo’lindi. Tepa mahallalik Rustam akam to’xtab, Meni velosipediga mingashtirib oldi. U ham dashtga ketayotgan ekan. Shu zaylda gaplashib ketdik…
Makkamiz o’t ichida qolib ketgan ekan. Yerning kattaligi 20 sotix keladi. Chopish qiyin. Shunday bo’lsa ham kun qiziguncha chopdik.
Makka Rustam akamlar bilan o’rtada ekilgan. Shuning uchun u ham birga chopishdi. Tushlikdan so’ng akam bilan Rustam akam, biroz mizg’ib olamiz, deb pastga, sholipoya tepasiga ketishdi. Men ham shu yerga to’nni yozib cho’zildim. qancha harakat qilsam ham, uyqum kelmadi. shunda birdan hikoya yozgim kelib qoldi. O’zi bu hikoyaning mazmunini kecha o’ylab qo’ygandim. Bugun ruchka bilan bloknot ham olib kelganman. Hozir shuni yozishga tushdim…

Forum.arbuz.com
Ibrohim G’afurovning “Hayo – xaloskor” nomli kitobini o’qiyapman. Kitobdan muallifning mansuralari, badialar, adabiy-tanqidiy esselar, publisistik asarlari o’rin olgan.
Bugun “International Communication” darsida o’qituvchimiz o’rtaga savol tashladi: Terrorist deganda ko’z o’ngingizga qanday insonning qiyofasi gavdalanadi? AQSHlik talabalar birin-ketin sanay ketishdi: soqoli bor, boshida salla, uzun ko’ylak kiygan, arab…


So’nggi munosabatlar