Kundalik bitiklarim...

BOG’CHAGA BORGAN BIRINCHI KUNIM…
Bog’chaga birinchi borgan kunim haligacha esimda. To’rt yoshimda bog’chaga borganimni hisobga olsam, 1984-yillar… O’shanda dadam va onam meni va bir yosh katta akam Sherzodni bog’chaga bermoqchi edilar. Lekin borganimizda, yo joy kammidi, yoki bir oiladan faqat bitta odam olisharmidi, ishqilib, ikkalamizdan faqat bittamizni olishlari mumkinligini aytishdi. Ota-onam meni berib, akamni qaytarib olib ketishmoqchi bo’lishdi. Lekin men qolishni hech ham xohlamadim. Nega endi akam ketadiyu, men qolishim kerak. Bog’cha opalar meni majburlab ushlab olishdi. Men rosa dod deb yig’ladim, qo’llaridan qochib ketaman, deb tipirchilab yig’laganlarim esimda, lekin baribir ota-onam va akam ketishdi, men esa bog’chada qoldim.

O’shanda rosa xafa bo’lgandim…

BOG’CHADA HAM KITOB O’QIYMANMI?
Men yoshligimdan o’qishga mehr qo’ygan ekanman. To’rt yoshimda men va bir yosh katta akam bog’chaga boradigan bo’ldik. Uch yosh katta akam esa maktabning 1-sinfiga borayotgan edi. Men maktabda o’qish-yozishni o’rgatishlarini bilardim. Shuning uchun onamdan, bog’chada ham o’qishni o’rgatishadimi, deb so’raganim esimda. Onam yo’q, deb javob berganlarida xafa bo’lib ketgandim.

Akamlar maktabga qatnab, o’qish-yozishni o’rganishib olishdi. Men ularning kitoblariga, daftarlariga termulib o’tiraverardim.

Bir kuni o’rtancha akam alifbe harflari bitilgan bir parcha qog’oz olib keldi. Men undagi harflarni yodlab, akamlardan so’rab-so’rab o’qishni o’rganib oldim. Bog’chada tarbiyachi opalarim menga bino tepasiga yozilgan yozuvlarni o’qittirishardi…

1-sinfga kirganimda, o’qituvchilar har bir o’quvchini doskaga chiqarib, “Ona, ana non” degan kichkina matnlarni qayta-qayta o’qittirishaverardi. Men siqilib ketardim, tezroq katta matnlarga kelsag-u derdim.

“Bolaligim, seni sog’indim” turkumidan

O’LIM ORZUSI
(Hikoya)

Lorens BLOK

Muallif haqida:

Lorens Blok 1938-yili AQSHning Nyu-York shahrida tug’ilgan. Amerika yozuvchilarining Edgar mukofoti hamda boshqa ko’plab adabiy sovrinlar sohibi. Kriminal mavzudagi romanlari bilan mashhur. Sobiq politsiyachi Met Skadder hayotidan hikoya qiluvchi romanining Jef Bridjes ijrosidagi „O’limga eltuvchi yetti million yo’l” deb nomlangan kinotalqini ham yaratilgan. Yozuvchi hozir Nyu-Yorkda yashab ijod qiladi.

Politsiyachi ko’prik ustiga mashina kelib to’xtaganini ko’rdi. Lekin bu uning unchalik e’tiborini tortmadi. Qatnov siyrak bo’lgan kechalari bu yerga yo’lovchilar tez-tez to’xtab turishadi. Shaharni qoq ikkiga bo’lib oquvchi daryo ustiga qurilgan bu ko’prikdan shahar manzarasini tomosha qilish g’oyat maroqli…

Ko’prikni o’z joniga qasd qilganlar ham yaxshi ko’rishadi. Bugungi notanish odamning ham o’shalardan biri bo’lishi mumkinligi dastlab politsiyachining xayoliga kelmadi. Lekin uning ko’prik chetiga kelib to’siqqa oyoq qo’yganini ko’rgach, undan shubhalana boshladi. Bu yerda bir gap bor edi: qorong’ulik o’z bag’riga qandaydir sirni yashirayotgan edi.

Politsiyachi sharpaga bir zum tikilib qoldi. ”Unga yetib olishga ulguramanmi?” U dastlab hushtak chalmoqchi ham bo’ldi, lekin darhol bu niyatidan qaytdi. Chunki dabdurustdan shovqin ko’tarish o’z jonidan to’ygan odamga aks ta’sir etib, ko’ngilsizlikning sodir bo’lishini tezlashtirib yuborishi mumkin edi…

Notanish kimsa tamaki tutata boshladi. ”Demak, hali vaqti bor, – o’yladi politsiyachi, – Ularning hammasi so’nggi lahzalarda tamaki chekishadi”.

Politsiyachi unga yaqinlashish maqsadida asta yura boshladi. Oradagi masofa chamasi o’n metrlar qolganda sharpa oyoq tovushini eshitib, keksin o’girildi-da, bir qadam orqaga tisarildi. So’ng qochish imkoniyatini boy bergani uchun bo’lsa kerak, boshini chayqab qo’ydi. Ko’prik oldida turgan odam o’ttiz yoshlardagi uzun yuzli, qora qalin sochlari yuziga tushgan daroz bir odam edi.

– Shaharni tomosha qilyapsizmi? – deya gap boshladi politsiyachi, – Bu yerda kimdir borligini ko’rib, gaplashgim keldi. Yarim tunda yolg’izlik odamni zeriktiradi.

U tamaki qidirayotgandek cho’ntagini paypasladi.

– Sizda ortiqcha tamaki topilmaydimi?

Notanish odam cho’ntagidan tamaki olib politsiyachiga uzatdi. Politsiyachi unga tashakkur bildirib, ko’zini olisga tikdi.

– Juda go’zal-a? Odam bu yerda o’zini xotirjam sezadi.

– Menga buning ahamiyati yo’q. – tungi mehmon tilga kirdi, – Men odamni xotirjam qiladigan boshqa yo’llarni o’ylayman.

– Janob, – politsiyachi biroz taraddudlandi-da, go’yo uning dardini tushunganday bo’ldi, – Hamma narsa ham vaqt o’tishi bilan o’z iziga tushib ketadi. Bu o’zi shunaqa dunyo. Bori shu, ko’prikning ustida turib har ne qilishga urinsang ham, baribir, uni o’zgartirolmaysan.

Ko’prik mehmoni bu gaplarga e’tiroz bildirmadi. Jim xayol surgancha tamaki burqsitdi. So’ng qo’lidagi tamaki qoldig’ini pastga tashlab, uning suvga tushishini tomosha qildi.

– Mening ismim Edvard Rayt, – u boshini ko’tarib politsiyachiga yuzlandi, – To’g’ri aytdingiz, men xato o’ylagan ekanman.

– Sizni aynan nima bezovta qilyapti?

– Aytarli hech narsa.

– Doktorga uchradingizmi? U sizga yordam beradi.

– Hamma shunaqa deydi.

– Balki achchiqroq qahva icharsiz?

Bu gaplarga javoban Rayt nimadir demoqchi bo’ldi-yu, lekin fikrini o’zgartirdi, shekilli, indamadi. Yana tamaki tutatdi, og’zini to’ldirib tutun chiqardi.

– Endi yaxshiman. – dedi u, – Uyga borib uxlasam ham bo’ladi. Anchadan beri yaxshi uxlaganim yo’q. Xotinim…

– Unga nima qilgan?

– U o’ldi. U mening borlig’im edi. Undan ayrilib qoldim…

Politsiyachi unga yaqin kelib, qo’lini yelkasiga qo’ydi.

– Sabr qiling, janob Rayt. Usiz sizga hayot qorong’u bo’lishi mumkin. Lekin hamma narsa ham unutiladi. Siz hali yashashingiz kerak.

– Rahmat sizga, endi uyga ketaman. Bezovta qilganim uchun uzr.

Politsiyachi Edvard Raytning mashinaga chiqishini kuzatarkan, “Ehtimol, uni mahkamaga olib borish kerakdir, – deb o’yladi. – Lekin sen o’z joniga qasd qilishidan shubhalangan har qanday odamni olib ketaversang, bu ishingdan hech qachon to’xtamaysan“.

U shunday xayollar bilan ko’prikning narigi yuziga o’tdi. Cho’ntagidan daftarini olib, bugungi uchrashuv haqida qisqacha qayd etib qo’ydi: “Edvard Rayt, sochi qalin, peshonasiga tushadi. Xotini vafot etgan. Ko’prikdan sakramoqchi bo’ldi“.

Shifokor bemorga tikildi: sochlari qalin, yuzida esa qo’rquv va gunohkorlik hissi.

– Doktor, men oshqozonimni tekshirtirishim kerak.

– Nima bo’ldi?

– Uyqu dorisi…

– Uyqu dorisi?.. Qancha ichgandingiz?

– Yigirmata, – dedi bemor biroz hadiksirab.

– O’ntasi odamni o’ldiradi. Qancha bo’ldi ichganingizga?

– Yarim soat, balki yigirma minutdir.

– Esingiz joyidami? Nega bunday qildingiz?

– Men o’zimni kasal qilmoqchi edim…

– Lekin uddalolmadingiz, shundaymi? Bo’pti, tekshiramiz.

Ichak yutish ancha yoqimsiz bo’lsa ham, bemor chidashga majbur bo’ldi. Nihoyat, doktor natijani ma’lum qildi:

– Siz hali yashaysiz.

– Rahmat, doctor.

– Rahmat aytishning hojati yo’q, bu bizning vazifamiz.

– Men… Men ruhshunos qabuliga boryapman. Hayotdan to’ygan odamman. Bugungi jinniligim ham shundan.

Doktor bu safar unga diqqat bilan tikildi.

– Yigirmata dori, – u bosh chayqadi. – Hoziroq xizmat haqimni to’lang. Ertaga yashashi noma’lum bo’lgan odamga to’lov qog’ozi yuborib chuv tushib qolishni istamayman.

– Bizdagi bahoga boshqa joydan bunaqa miltiq sotib ololmaysiz, – do’kon xizmatchisi o’z molini maqtashga tushdi.

– Menga o’q ham bersangiz.

Sotuvchi bir quti o’q uzatdi.

– Yana kerakmi?

– Yo’q, hozircha bittasi yetadi.

Sotuvchi ro’yxatga olish kitobini ochdi

– Qonunni xursand qilish uchun mana bu yerga imzo cheking.

Xaridor imzo chekdi.

– Janob Rayt, hujjatingizni ham ko’rsatsangiz.

Rayt haydovchilik guvohnomasini uzatdi. Sotuvchi uni imzo bilan solishtirib, nomerini daftarga yozib qo’ydi.

– Ishonamizki, miltiqdan yaxshi kunlarda foydalanasiz.

– Albatta.

Soat to’qqizdan oshgan edi. Ko’cha eshikning qo’ng’irog’i jiringladi.

“Kim bo’lishi mumkin?”

Rayt asta borib, eshik tirqishidan tungi mehmon kimligini ko’rgach, eshikni ochdi.

Dastlab eshikdan miltiq uchi ko’rindi.

– Mark…

– Ichkariga, – kutilmagan mehmon uning qornini miltiq uchi bilan nuqib qo’ydi.

Rayt uning hazillashmayotganini ko’rib, badanidan sovuq ter chiqib ketdi.

– Sen uni o’ldirding, Ed, – Mark vajohat bilan bostirib kela boshladi. – U sendan ajralishni xohlagandi, lekin ruxsat bermading. Men bunday qilish xavfli ekanini unga aytgandim. Lekin u hammasini qonuniy qilmoqchi bo’ldi. Sen esa uni o’ldirding.

– Jinni bo’ldingmi, Mark?

– Sen uni zinadan yiqilib o’ldi, deding-a? Lekin men bunga ishonmayman. Qani, ayt, uni qanday o’ldirgansan? Hoziroq hammasini aytmasang, peshonangdan darcha ochib qo’yaman.

– Men uni urgandim, xolos, – Rayt bir miltiqqa, bir Markka qarab gap boshladi, – Uni bir-ikki siltadim, so’ng o’zi zinadan tushib ketdi… Lekin bu bilan sen politsiyaga borolmaysan. Ular bu narsani hech qachon isbotlasholmaydi.

– Biz politsiyaga bormaymiz, – iljaydi Mark, – Agar shunday qilish kerak bo’lganda, allaqachon borardim. Biz hozir boshqa narsa qilamiz, qog’oz bilan qalam olib kel. Senga xat yozdirmoqchiman.

– Xat?

– Ha, unda shunday deb yoz: “Ortiq chidolmayman. Bu safar hammasiga chek qo’yaman”, – u miltiqni Raytning titrayotgan boshiga tiradi.

– Buning uchun seni osishadi, Mark!

– Buni o’z joniga qasd qilish, deydilar.

– Mening o’z jonimga qasd qilishim mumkinligiga hech kim ishonmaydi.

– Sen aytganimni bajar, Edvard. Xatni yozib bersang bo’ldi. Keyin miltiqni tashlab, ozim bu yerdan ketaman.

– Sen ablahsan!

– Seni o’ldirmoqchi emasman, Ed. Faqat xatni yozishingni istayman, xolos.

Rayt uning gaplariga shubhalansa ham, boshidagi miltiq ortiq o’ylashiga imkon bermadi. U xatni yozib, imzo chekdi.

– Endi ortingga o’giril, Edvard.

U o’girilib, Markka qaradi. Mark o’zgarib ketgandi. U boshiga qalin soch kiyib olgan, ko’zida ham qandaydir o’zgarish bor edi.

– Kimga o’xshayapman, Edvard? Senga-a, shunday emasmi? Juda bo’lmasayam, har qalay sening tasavvuringni bera olaman.

– Sen… Sen hali mening nomimdan ish qilib yuribsanmi?

– Sen hozirgina men joniga qasd qiladigan odamga o’xshamayman, deding-a? Lekin keyingi paytlardagi ahvoling bundan dalolat bermaydi. – Mark zaharhanda kuldi. – Morisey ko’prigidan sakramoqchi bo’lganing esingdami? O’shanda bir politsiyachi kelib qolgandi. Ruhshunosni ham o’lim haqidagi uzundan-uzoq gaplaringni eshitishga majbur qilding. Oshqozoningni tekshirtirmoqchi bo’lganingchi? – Mark angrayib qolgan Raytni biroz kuzatib, so’ng yana davom etdi:

– Yasama sochimning o’xshmay qolishidan qo’rqqandim. Lekin sezishmadi. To’g’ri, bularni eslolmasliging mumkin. Lekin hammasini sen bajarding. Ha, sen, Edvard. Balki bugun bu miltiqni sotib olganingni eslarsan?

– Esla, bir soat oldin edi. Hatto haydovchilik guvohnomangniyam ko’rsatding.

– Sen uni qayerdan olding?

– Olganim yo’q, yasadim, – Mark yana kula boshladi, – Albatta, u bilan politsiyachini aldab bo’lmasdi. Lekin ularga ko’rsatishning hojati bo’lmadi. Faqat do’konchini aldashga kerak bo’ldi, xolos. Xo’sh, bular o’zini o’zi o’ldirmoqchi bo’lgan odamning ishlariga o’xshamaydimi? Mening boshqa odam ekanligimni hech kim sezmadiyam.

– Do’stlarimchi? Ofisdagilar?

– Ularga ko’rinishni shart emas, deb o’yladim. Sen o’z kirdikoringni yashirish uchun o’zingni, xuddi xotiningning o’limidan xafaday ko’rsatib yuribsan. Buni ishingdagilar biladi.

Rayt nima deyishni ham bilmay qoldi. U qo’rquvdan dag’-dag’ titrardi.

– Sen ketmoqchi eding, Mark.

– Eshitgan hamma gaplaringga ishonaverma, – Mark shunday deb miltiqni Raytning og’ziga to’g’riladi va tepkini posdi…

U Raytning o’lganiga ishonch hosil qilgach, miltiqdan o’zining barmoq izlarini o’chirib, o’rniga Raytning qo’lini bosdi. Yozilgan xatni stol ustiga qo’yib, ruhshunosning tashrif qog’ozi hamda sotib olingan miltiq chekini Raytning hamyoniga solib qo’ydi.

– Sen uni o’ldirmasliging kerak edi, – dedi u Raytning jasadiga.

Shundan so’ng u orqa eshikni ochib, o’zini ko’chaga urdi. Bir zumda uning sharpasi tun qo’yniga singib ketdi…

Ingliz tilidan Behzod Mamadiev tarjimasi

“Kuch – adolatda” gazetasi, 2005-yil

TURKISTON FAXRI
Hayotda shunday insonlar bo’lar ekanki, ular tirikliklarida yoqib ketgan ma’rifat mash’allari zamonlar o’tishi bilan tobora yorqinroq alangalanadi. Darhaqiqat, Muhammad alayhissalom so’zlari bilan qayd etilganidek, “insonlarning yaxshilari farishtalardan ham a’lo”. Ba’zi buyuk insonlar xalq orasida hokisorlik bilan kamtarona yashab o’tib ketadilar. Ammo keyinchalik esa ularning naqadar aziz va qaytarilmas ekanliklari, o’z xalqi va vatani uchun hatto o’limlarga ham tik boqib, hayotini necha yuz bora xavf-xatarga solganliklari his etila boshlanadi. Ular yaratib ketgan ma’naviy boylik o’z xalqiga to abad meros bo’lib qoladi, necha avlod-ajdod bundan bahramand bo’ladi.

Ana shunday buyuk insonlardan biri Alixonto’ra Shokirxonto’ra Sog’uniydir.

Alixonto’ra 1885-yil 21-martda sobiq Turkiston o’lkasining To’qmoq shahrida o’zbek oilasida dunyoga keldi. Adabiy taxallusi tug’ilgan shaharining qadimiy nomi Bolasog’un bilan bog’liq (hozir Qirg’iziston jumhuriyati hududida).

Bobom bolaliklaridanoq ziyrakligi, uquvchanligi, har narsani o’z mohiyati bilan tushunib, fikrlay olishi va ayniqsa, oily darajadagi quvvai hofizasi bilan o’z aka-ukalaridan ajralib turgan. Shu o’rinda bir narsani ta’kidlashim joiz. Kamina ana shu buyuk inson tarbiyasidan bahramand bo’lgan nabiralardan erurman. Bobom haqida yozish men uchun naqadar sharafli bo’lishi bilan bir qatorda, o’ta mas’uliyatli hamdirki, sababi, beradigan ma’lumotlarim iloji boricha xolis bo’lmog’i lozim.

Katta bobomiz Shokirxon to’ra o’qimishli, oqil, ma’rifatparvar kishi bo’lgan ekan, shu sababdan ikkinchi o’g’lidagi qobiliyatni sezgach, bobomni Arabistonga o’qishga yuborgan. Madinada o’qib qaytgach, o’sha davr ilm-faniga chanqoq, ijtimoiy voqelikni tushunib yetgan fazl-karamlik yigit qalbida ona-Vatani mazlum Trukistonga, asoratda yashab kelayotgan jafokash xalqiga xizmat qilish hissi tug’yon urgan.

Shu vaqtdan boshlab Alixonto’ra hokim ma’muriyat maxfiy politsiyasi ta’qibida bo’ladi. Negaki, 1914-yili chor hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga ommaviy qarshi chiqishlarda hamda qirg’iz xalqining 1916-yilgi qo’zg’olonida faol ishtirok etgan.

Alixonto’raning yoshlikdan asl maqsadi chinakam ilm sohibi bo’lish ekan.

“Al ilmu fis sig’ari

Kan naqshi alal xajari”,

Ya’ni, “Yoshlikda egallangan bilim – toshga o’yilgan naqsh” shiori bobomning jamiki yoshlarga qilgan da’vat – chaqirig’i edi. U kishi hadis, tafsir, e’tiqod, ixlos, taqvo va fiqh ilmlarining allomasi bo’lish bilan bir qatorda matematika, astronomiya, tabiatshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik va harbiy ish sohalarini ham mukammal o’rgandi. Bobom musiqa nazariyasi bo’yicha ham mutaxassis edi. O’rta asrning ulug’ olimi Darvesh Ali Changiyning “Musiqa risolasi”ni o’zbekchaga forsiydan tarjima qilgan. Bir voqea esimda: Yoshligimizda, kichik o’g’illari, amakim Qutlug’xon bilan g’arbning zamonaviy musiqalaridan eshitib, hordiq chiqarar edik. Bir payt hovlidan bobomning tovushi keldi, qarasam, deraza tagida turibdi. “Hozirgina tugagan kuyni qaytadan qo’ychi,” dedi. Saksofon, fleyta va solo gitarada ijro etilgan ajib kuy barchamizni sehrlagan edi. Keyinroq balsam,. Musiqa notalarini juda yaxshi tushunar ekan. “Insonlar va hayvonlarning tovushuni (fonetikasini) qog’ozga to’g’ri tushura bilish, bu bir olam, katta ilm hisoblanadi”, degandi u kishi.

Yoppa qirg’inbarot va zo’rlik avj olib, bolshevik hukumati hur fikrli ziyoli kishilarimizni vahshiylarcha qirib, qamay boshlagan kezda, bobom oilasi bilan Xitoyga o’tib ketgan. Vaholanki, 1937-yilning sovuq shamoli u yoqlarga ham yetib borgandi. Bilimdonligi, halolligi, jasurligi hamda qudrati bilan xalqni o’z orqasidan ergashtira olganligi Stalin ta’sirida bo’lgan Sharqiy Turkistondagi xitoy ma’muriyatini dovdirtatib qo’ygan va ular Alixonto’rani qamoqqa olganlar. To’rt yildan ko’proq qamoqdalik paytidayoq ozodlik harakati bilan bog’lanib turgan. Nihoyat, turmadan bo’shatilgach, o’z mafkuraviy yo’lidan biror qadam ham chekinmagan otashin farzandini xalq chin qahramon sifatida kutib oladi.

O’tirganlarning chapdan beshinchisi Alixonto’ra Sog’uniy

Bobom boshchiligida 1944-yil 7–10-noyabrda G’ulja qurolli qo’zg’oloni g’alaba qozonadi, O’zbekistonga nisbatan bir necha barobar katta keladigan hududda uyg’ur, qozoq, o’zbek, qirg’iz, tatar va dungan xalqlarini mustahkam ishonch va diniy birodarlik asosida birlashtirgan Sharqiy Trukiston jumhuriyati barpo etiladi. Chankayshi va gomindanchilarning deyarli yuz ming kishilik armiyasi ketma-ket bo’lgan shiddatli janglarda tor-mor etiladi.

Xalq va armiya oldidagi xizmatlari uchun Alixonto’ra bobomga marshal unvoni beriladi.

Sovet Ittifoqining shunday biqinida vujudga kelgan, ko’pgina mamlakatlar tan olishi muqarrar bo’lib qolgan Sharqiy Turkiston atalmish musulmon davlati qonxo’r Stalinni dahshatga solgan edi. Shu sababdan Stalinning fosiqlarcha tuzgan rejasi va bolshevistik ruhda amalga oshirilgan siyosiy nayrang oqibatida Alixonto’ra 1946-yil 28-iyunda G’ulja shahridan o’g’rincha Toshkentga keltiriladi. Xalqning: “Jumhur rais qayerda?”– degan savollariga, sovet elchixonasi yolg’on javoblar beradi.

O’shanda o’n minglab jonfido vatanparvarlaru necha million ozod Sharqiy Turkiston xalqi mung’ayib qolavergan. Bobom oilasi bilan dastlab markazqo’m bog’ida yashagan. Marshalga ko’z-quloq bo’lib turish “xalqlar otasi” tomonidan shaxsan Usmon yusupovga topshirilgan ekan.

Shunday qilib, siyosatdan voz kechishga majbur etilgan, qalbi qayg’u-hasratu, dardu-alamga to’lgan, ammo o’z e’tiqodi, o’z mafkurasidan zarracha voz kechmagan jafokash inson ilmu-fan tadqiqotlariga sho’ng’ib ketadi.

Alloh taolodin berilgan aql-zakovatini, g’ayrat-shijoatu, iqtidorini butunlay ijodga baxshida qiladi.

Pirovard-natijada avlodlar uchun kata ma’naviy boylik bo’lib qolgan bebaho asarlar yaratiladi, fors va arab tillaridagi bir qator nodir asarlari o’zbek tiliga tarjima qilinadi.

Bobomning siyosiy va ijtimoiy faoliyatlari haqida endilikda matbuotda keng va atroflicha ma’lumotlar berilayotir, shu sababdan biz bu o’rinda ko’proq u kishining ijodlariga to’xtalamiz.

Alixonto’ra ilmiy-adabiy faoliyatining ko’p yillik mashaqqatli mehnati mahsuli bo’lmish – “Tarixi Muhammadiy” asari hisoblanadi. Mazkur asarning yozilishi kelajak avlod ichki dunyosi qashshoqlashishining oldini olish, azaliy qadriyatlar qimmatini payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sallollohu alayhi va sallam tarixlari bilan tanishtirish orqali saqlab qolish yo’lida qilingan buyuk jihoddir.

“Tarixi Muhammadiy”ning birinchi yarmini, alhamdulillah, kitob holida bosmadan chiqarganimizga talay vaqt bo’lib qoldi. Shu kunlarda asarning ikkinchi yarmi ham bosmaxonada terilmoqda.

Shu o’rinda “Tarixi Muhammadiy”ning yana bir zahmatkashi haqida gapirib o’tmay iloj yo’qdir. Yoshligidanoq eng oily maqsadi – otaga xizmat qilish bo’lgan padari buzrukvorimiz Muhammadyorxon bobomning suyukli farzandi edi. O’zi shifokor edi-yu, ammo tunu-kun bobomning yozuvlarini oqqa ko’chirish bilan ovora bo’lardi. Otamning 46 yoshida bevaqt vafot etishi bobomning shamshoddek qomatini bukib qo’ydi.

Eng avvalo, bobom tub ma’nosi bilan aytganda, olim edi. Hozirgi zamon tushunchasi bo’yicha esa, biror moddaning xususiyatini o’rgangan yoki biror so’zning kelib chiqishini aniqlagan tor ixtisosdagi fan nomzodi ham olim hisoblanadi.

Holbuki, haqiqiy olim deb deyarli har sohadan xabardor, bilimdon, kashfiyotlar qilgan, bilgan ilmini har qanday odamga tushuntira biladigan va ayniqsa, haqligini boshqalarga ishontira oladiganlar tushunilgan.

Biz o’tib ketganlarni nechun yodlaymiz, nechun o’tmishdoshlarimizning qilgan ishlarini “taftish” qilamiz va umuman, tarix nima, u nima uchun kerak? Tarix o’tmishni hozir bilan, zamondoshlarimizni ajdodlar bilan qiyoslash uchun kerak.

Foniyda yashab o’tganlarni biz nima uchun eslaymiz? Aksari hollarda xalq uchun faqat ezgulik ishlar qilganlar eslanadi.

To’g’ri, gerostratlar ham eslanadi, ammo ular barmoq bilan sanarli.

Alixonto’ra o’zining butun sermazmun hayotini ana shu ezgu ishlarga baxshida qilgan ilm egasi edi.

Bobom faqatgina ajoyib she’ru dostonlar yozibgina qolmay, balki ko’p millionli Sharqiy Turkistonni mazlumlikdan ozod qilish harakatiga sardor ham edi. U harakat g’alaba bilan yakunlangach, qonxo’rlar iskanjaga tushib, Stalinning o’limigacha uy qamog’ida (nazarbandi) bo’ldi, lekin mafkuralariga sodiq qoldi. Marksizmni o’ziga tumor qilib olib aldangan ko’plab ziyolilar kabi og’ishmadi.

Alixonto’ra jasoratli fikr egasi – birinchi bo’lib Amir Temur haqidagi haqiqatni qo’rqmay ochiq aytgan. Uning qonxo’r emas, insonparvar, odil bo’lganligini va johil emas, aksincha oqil va fozil jahongir bo’lganligini dalillar bilan isbotladi.

“Rasti-rosti”, degan ekan Amir Temur. 1967-yili bobomning forsiydan qilgan tarjimalarida “Guliston” jurnalida chiqa boshlagan “Temur tuzuklari”ning kuch-qudrati shunchalik bo’lgan ediki, adolatdan qo’rqqan o’sha davrning ba’zi “juda katta” rahbarlari asarni oxirigacha bostirmay, to’xtatib qo’ymish edilar.

“Har bir davlat rahbari, podshosi agar “Temur tuzuklari”dan mukammal xabardor bo’lsa va unga amal qilsa, u eng odil, eng qudratli va yengilmas davlat podshosi bo’lishi muqarrar”, –degandi bobom.

Darhaqiqat, Amin Temur 40 yildan ko’proq vaqt beqiyos katta saltanat hukmdori bo’lgan va biror marotaba ham janglarda mag’lubiyatga uchramagan.

Bobom qalamiga mansub yana bir katta tarjima asar Ahmad Donishning “Navodir ul-vaqoe”si bo’lib, hozir to’la qayta nashrga tayyorlanmoqda.

Mojor sharqshunosi Herman Yulius Vamberining qimmatli asari bo’lmish “Movarounnahr yoki Buxoro tarixi” asarini esa usmonli turk tilidan o’zbekchalashtirgan.

Alixonto’ra kuchli tabib ham edikim, sharq tabobatini asrab qolish yo’lida qilingan xayrli ishlari, qilgan sa’y-g’ayratlari sermahsuldir. Bu borada qator meditsina professorlariga ham ustozlik qilgan hakimning nuqtai nazari – “Kasal bitta, davosi yuzta” va “butun tog’u-tosh, yeru-ko’k – dorixona (apteka)” qabilida edi.

Tartiboti taom, parhez, taom yeyish me’yori va mechkaylikning zarari haqida ko’p so’zlardi. “Shifo ul-ilal”, ya’ni “Kasalliklar davosi” deb atalgan nodir tibbiy asarini ham vatandoshlarimizga yetkazish niyatimiz bor.

Unda 200ga yaqin kasalliklarni muolaja qilishning tajribadan o’tgan usullari tushunarli tilda mufassal yoritilgan. Sariq kasalligining yigirma uch turi mavjud bo’lib, shundan 22 tasiga shifo bor, ko’p hollarda esa qolgan bittasiga ham shifo bor ekan.

Uzoq vaqt sovet meditsinasida seksopatologiya fani tan olinmagan. Ojizligini bo’yniga olib, dardu alami ichida bo’lganlarning ko’pchiligiga hayotiy quvonch bergandi o’shanda. 10-15 yillab farzand ko’rmagan bir qancha erkagu ayollar Allohning madadi bilan otalik va onalik baxtiga erishishiga sabab bo’lganliklarining guvohimiz.

Yana bir voqea xotiramda yaxshi muhrlanib qolgan. Bobomning oldiga 13-14 yoshlardagi bir qizni olib kelishadi. U bechora qizning bo’ynida o’zining kallasidek katta shish bor edi. Otasi kolxoz raisi ekan. Ittifoq bo’yicha bormagan yeri, ko’rsatmagan mutaxassisi qolmabdi. Qizingizning kasali – tomoq raki, u tuzalmaydi, deyishibdi. Bobom u qizni 15 kunda tuzatgan, bo’ynida shishdan asar ham qolmagandi. O’shanda bemorning otasi quvonchdan ho’ngrab yig’lagandi.

Boshqa misol: mening dzyudo bo’yicvha Ittifoq chempioni bir do’stim bo’lardi. 25 yoshida yuragi sanchib o’ynab, o’z-o’zidan so’la boshladi. Ikki haftada ozib, cho’p bo’lib qoldi. Bobom uni ham o’n kun ichida yana qaytadan polvon qilib qo’ydi.

Bobom duo sehri – qudrati bilan ham inson ruhiyatini mo’tadillashtirib qo’yardi. “Ilmu-hunar o’rganinglar, zamonaviy fanlardan yaxshi xabardor bo’linglar”, derdi u kishi.

Yaqin kunlarda chop etiladigan “Turkiston qayg’usi” deb atalgan bebaho asarida bunday deb yozadi:

“Nima uchun keyingi asrlarda Turkiston xalqi bunday johiliyat botqog’iga botdi? Buning bosh sababi dinni asosi bilan tushunmagan ilm-madaniyat dushmanlari hokimiyat tepasida bo’ldilar. O’zlarini din homiylari deb e’lon qilib, xalqni ma’rifat nuridan mahrum, zamonaviy fanniy ilmlardan butunlay yiroq tutdilar. Chet davlatlar bilan aloqa bog’lamadilar, o’qish-o’qitish ishlariga hech qanday ahamiyat bermadilar. Shuning uchun Turkiston xalqining ichida uyg’onish, fikr ochilish va bor sharoitdan foydalanish imkoniyatlari bo’lmadi. Davlatning inqirozi, millatimizning ongsizligiga shu johillar sababchidur.

Bu balodan qutilishning birdan-bir chorasi esa Turkiston farzandlari zamonaviy ilm-fan bilan to’liq qurollanib, buning ustiga milliy hislaridan ajramay, o’z ona tillarini jon o’rnida asrashlari lozimdir. Bu o’rinda necha “milliy his” dedik, “diniy his” demadik? Buning sababi esa dahriylar hukumati qurilgandan boshlab, butun diniy maktab va madrasalar yo’qotilib, keyingi ta’lim-tarbiya ishlari dinsizlik asosiga qurilmish edi. Shundan buyongi maktab bolalarimiz diniy tarbiya ko’rmaganlikdan musulmonchilik yo’llarini yaxshi taniyolmay qoldilar. Shunga ko’ra Vatan bolalariga diniy tarbiyat to’silgan bo’lsa ham, endi o’z milliyatlarini saqlash, til tarbiyalaridan sira ajramasliklari kerakdir. Chunki har qanday bir millat o’z dinidan ajragani ustiga o’z tilidan ham quruq qolar ekan, uning milliyati yutilib, hayoti munariz (inqirozli) bo’ldi, demakdir. Milliy hissini yo‘qotib, o’z millatidan ajrash Qur’on hukmi bo’yicha haromdir. Qur’onning “Qul hal yastavallaziyna ya’lamuna vallaziyna lo ya’lamun”, ya’ni “Bilganlar bilan bilmaganlar har to’g’rida teng kela olmaydilar”, – degan hikmatlik so’zini albatta amalga oshirish kerak edi”.

Nasl-nasabsizlar va ustoz ko’rmaganlar to’laqonli inson bo’la olmaydilar, degan odmi bir falsafa bor.

Bobom tom ma’nosi bilan juda ko’p ajoyib odamlarga ustoz edi.

Masalan, qozoq akademigi Oqjon Mashanov “faysalufi turkiy” hisoblangan Abu Nasr Forobiy shaxsi va ijodiy faoliyatini keng o’rgangan olim hisoblanadi. Yubileyi munosabati bilan u kishi Farobiyning asarlarini rus va qozoq tillariga tarjima qilishda ko’p ma’lumotlarni va eng avvalo, oq fotihani bobomdan olgan edi.

Mashhur geolog – akademik olimimiz marhum Habib Abdullayev bobom bilan har safargi suhbatdan katta ilhom olar ekanlar.

Yana bir yirik geolog olim, marhum akademik G’ani Mavlonov hadeganda bobomning oldilariga kelardilar. G’ani aka alp qomat kishi edi. Ostonada eng katta oyoq kiyim yechilgan bo’lsa, demak ichkarida o’zlariga xos vazminlik va kamsuqumlik bilan G’ani Mavlonov o’tirgan bo’lardi.

Bobom biz farzandlar uchun ayni vaqtda ustoz ham edi. U kishini go’dakligimdan “Oltin bobo” derdim. Shundan beri jamiki nevara-chevara-evaralari hozir ham: “Bizlar oltin bobo avlodimiz”, deyishadi.

Tilim chiqar-chiqmas “Alhamdu”ni menga Oltin bobom o’rgatgan.

Bobom oliyhimmatlik va olijanoblik timsoli ham edi. Bunga behisob misollar keltirishim mumkin.

Hukumat bog’ida bir necha yil yashaganlaridan so’ng bobomga Sebzor dahasidan hashamatlik qurilgan katta bir hovlini berishgan. Shunda u katta hovlining kichik bir qismnini olib qolib, qolganini bolalar bog’chasiga bo’shatib bergan.

Alixonto’rani o’g’irlab kelib, tantana qilgan “saxovatli” sovet davlati unga umrlari oxirigacha 500 so’m pensiya tayin qilganda, bobom undan ham betob musulmon bolalari foydasiga voz kechib, biror tiyinini ham olmagan.

“Bolaligimdan bir odatim bor, agarda ikkita choponim bo’lsa, uning yangisini birovga bergim kelaveradi”, – derdi bobom.

Ko’pchilik u kishining valiy darajasiga yetishganining guvohi bo’lishgan.

Xotiramda bir voqea yaxshi o’rnashib qolgan. G’aribroq bir kishi to’y qilmoqchi edim, deb ikki ming so’m pul so’rab keldi. Men o’shanda u kishining yonida qaysidir bir dorini tayyorlashda yordamlashar edim. “Ma’qul, – dedi bobom, – biroz shoshmang, manovi dori tayyor bo’lsin, bolalaringiz bilan ichib yurasiz, yurak va oshqozonga quvvat bo’ladi”. Shu paytda tujjor ixlosmand shogirdlaridan biri bobom ziyoratlariga keldi. Uzoq safarlarda bo’lgani va ishlari rivojda ekanini bildirib, hol-ahvol so’rashib, bir payola choy ichib bo’lgach, shu nasibani sizga atagandim, taqsir, deb qog’ozga o’ralgan pul berdi va xayrlashib ortiga qaytdi.

U ketgach, bobom menga shu pulni sanatdilar. Pul roppa-rosa 2000 so’m ekan. “Mana pulingiz, Xudo sizning nasibangizni ham yetkazdi, bu pul qarz emas, sizga hadya”, – dedi.

O’tirganlar hangu-mang bo’lib qolishdi. Boyagi odam esa yig’lay-yig’lay, duo qila-qila xayrlashdi.

Yana bir xotira. Vodiy safarlaridan birida bir eshonzoda to’yida bo’ldim. Men o’z odatim bo’yicha qariyalar davrasiga kirdim. U yerda o’tirganlardan biri, meni tanibmi-tanimaymi, bobom to’g’risida bir hikoya qilib berdi.

60-yillarning oxirlarida bobom Marg’ilonga kelmish ekan. U kishini uyiga mehmonga chaqira olgan kishi o’zini baxtiyor hisoblarkan. 5-6 kishi bo’lishib, navbatdagi bir mo’minning uyiga ketishayotganda, Alixonto’ra o’tib ketayotgan ekan, deb qaysi bir xonadon vakillari yo’l kesishib chiqishibdi. “Biznikiga bir nafas bo’lsa ham kirib keting, poyqadamingiz bilan xonadonimni xushnud eting”, deb qo’yishmabdi. Bobom rozi bo’lib kiribdi. U yerda ham olim, ulamolar o’tirishgan ekan. To’rda esa o’sha vaqtdagi musulmonlar muftisi Ziyovuddin qori hazrat o’tirgan ekan. Uyga kirgach, to’rga chiqarishibdi. Bobom qayerda, qanday davrada bo’lmasin, albatta, ilmu-ma’rifatdan, e’tiqod aqidalaridan so’zlardi. Bekorchi, oldi-qochdi suhbatlarni, ortiqcha askiyani xush ko’rmasdi. “Ma’qul, besh o’n daqiqa bo’lsa ham men Qur’ondan so’zlayman, – debdi mufti hazratga. Keyin, “qori, Qur’onni ochib, biror oyatni o’qingchi”, – debdi. Qori aka Qur’onni ochib, chiqqan oyatni yoddan o’qibdi. Bobom biroz sukutga ketgach, ohista so’z boshlabdi. 5-10 daqiqagina so’zlayman, degan odam Qur’oni Karimning sehr-qudrati bilan, bir oyatni bir yarim soatcha tafsir qilibdi.

Davradagi Abdulboriy hoji, Abdurahmon hoji, Salohiddin qori va boshqalar bilan shundan keyin quchoqlashib, boshqatdan ko’rishdik.

Yana bir voqeani eslayman, iloj yo’q.

Erta-yu kech huzurlarida ziyoratga keluvchilar ko’p bo’lardi. Kamdan-kam hollarda hech kim bo’lmasdi. Butun Islom dunyosidan kelishardi.

Bir kuni Qobul va Tehron universitetining prefessori bo’lmish (afsus, ismi yodimda qolmabdi) bir ziyoli, o’rta yosh odam keldi, boshida eroni do’ppisi, yonida 2-3 ta hamrohi ham bor edi. Bobomdan ruxsat so’radim: “Boshlab kiring”, dedi. Mehmonlarni ichkariga boshlab kirgach, oradan 5-10 daqiqa o’tgach, odat bo’yicha patnisda ho’l meva, shirinliklar, non-choy olib kirsam, boyagi professor ikkala qo’li bilan dastro’molini tutganicha ho’ng-ho’ng yig’lab o’tiribdi.

Men ajablangan bo’lsam-da, bobomdan, xotirjam bo’l, degan belgini olib, patnisni dasturxon ustiga qo’ydimu asta chiqib ketdim.

Mehmonlar ketishgach, albatta, qiziqib so’radim. Bobom go’yoki, hech gap bo’lmaganday har qanday kishini sehrlab rom etuvchi nuroniy tabassumi bilan boshlarini xiyol ko’tardi va men voqeadan xabardor bo’ldim.

Professor ichkariga kirgach, salom-alikdan so’ng: “Taqsir, men arabchani ham yaxshi bilaman, xohlasangiz, shu tilda so’zlashaylik”, deb arab tilida murojaat qilibdi. Bobom ham avval arab tilida: “Sen qaysi yurtdansan?” – debdi. “Qandahordanman”, – deb javob beribdi u. Bobom pushtu tilida: “Qandahorning falon-falon qabilalari bor, sen qaysi biridansan?” – debdi. “Falonchi qabiladanman”, – degan javob bo’libdi. Bobom o’sha qabilaning lahjasida so’rabdi: “Sening qabilangning beshta falon-falon degan urug’lari bor, sen qaysi birining o’g’lonisan?” Lol qolib ko’zlari kosasidan chiqayozgan professor: “Men falonchi urug’danman”, deb javob qilibdi. Bobom o’sha juda kamsonli urug’ning talaffuzi o’ta murakkab shevasida: “Xush kelibsan, aziz mehmon, salomat keldingmi, urug’ing omonmi, avlod-nasllaring omonmi, sening urug’ingdan falonchi degan olim chiqmish edi, uning holi qalay, qayerda yashayapti?” – deganida mehmon hayajondan o’zini tuta olmay yig’lab yuborgan ekan.

Yig’i aralash: “Mening o’z ona tilimni o’zga yurtda mendan yaxshi biladigan inson bor ekan, men uning oldida bosh egib, tiz cho’kaman”, debdi.

Bobomning yaxshi niyat bilan aytgan gaplari ko’p. Shular orasida yana bittasini eslab o’tishni lozim topdim. U kishi karomat bilan bunday degan ekanlar: “Bu O’zbekiston eli, ayniqsa, Toshkent ahli qut-barakotning kindigida yashaydi. Bu yerga aziz avliyolarning duosi ketgan, bunda hech qachon ocharchilik, qahatchilik bo’lgan emas, hech qachon bo’lmaydi ham, inshaallo. Mana, Toshkent bozorlarini ko’ring – misli ochil dasturxon, kechda bozor rastalari bo’shab, dasturxon yopiladi, tong otishi bilan rastalar yana limmo-lim, noz-ne’mat dasturxoni yana ochiladi”.

Ozod, hur zamonlarga yetkazgan Allohga hamdu sanolar aytish barobarida, yana shuni ta’kidlamoqchimanki, Alixonto’ra Sog’uniy kabi zotlar o’zlari uchun emas, xalqi va e’tiqodi uchun yashaganlar, ular dunyodan o’tganlaridan so’ng ham millatimiz, dinimiz va e’tiqodimizga o’z dahosi bilan xizmat qiladilar.

Bobomning yuqoridagi karomat so’zlari sizu biz musulmonlarni ham qilgan duolari emasmi? Buning shukronasini yaratgan Allohga qilayliik. Alhamdulilloh.

Bahmanyor SHOKIROV,

“O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1992-yil, 24-yanvar

JAHON SAHNASIDA 2008-YIL: VOQEALAR VA TAHLILLAR
Yangi tarix kitobining 2008-sahifasiga bitilgan satrlar ham o‘z poyoniga yetib qoldi. Hayot atalmish muallifning shafqatsiz, lekin odil qalami hech bir voqeani nazardan chetda qoldirgani yo‘q. Ayrim o‘rinlarda u quvonchu shodlik nomalarini bitgan bo‘lsa, ba’zan satrlarda siyoh emas, qon oqdi. 366 qatordan iborat sahifa shonli va qonli voqealarga boy. Syujet esa murakkab. Ko‘p o‘rinlarda Muallif o‘ta shafqatsiz yo‘l tutgan, qalamidan qon tomadi, ayrim satrlarda esa uning nega bunchalar saxiy ekanidan hayratlanamiz. Ammo voqealar to‘qima emas. Kitobdagi bitiklarning barchasi haqiqat. Zero u hayot kitobidir…

Tarix solnomasiga ana shunday tarzda muhrlanib borayotgan 2008-yil, darhaqiqat, turfa voqea-hodisotga boy bo‘ldi. Jahon sahnasi xilma-xil o‘yinlarning guvohiga aylandi. Hodisalar rivoji tarix qonuniyatiga binoan o‘tgan yillardagi kabi bir maromda davom etib bordi. Lekin yil o‘ziga xos, bir necha o‘n yilliklarda ko‘rilmagan va kutilmagan voqealarga ham shohidlik qildi.

2008-yilda Iroq, Afg‘oniston, Yaqin Sharq, Somali kabi dunyoning qaynoq nuqtalaridagi nizo va urush o‘choqlari yonishda davom etdi. Gruziyadagi siyosiy inqiroz esa kutilmagan va xunuk oqibatlarga boy yangi mojaro bo‘lib tarixga kirdi. Pekindagi yozgi olimpiada o‘yinlari dunyo xalqlari birodarligini kuchaytirgan global sport bayrami sifatida keng nishonlangan bo‘lsa, yil oxiriga kelib bosh ko‘targan jahon moliyaviy inqirozi ko‘p rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni tiz cho‘ktirdi. AQShda Barak Obamaning prezident sifatida saylanishi esa nafaqat yilning, balki butun Amerika siyosiy tarixining eng unutilmas va o‘ziga xos saylovlaridan biriga aylandi.

Keling, shu kabi yilning eng muhim voqealarini batafsilroq sarhisob qilamiz.

Iroq urushi qachon tugaydi?

So‘nggi o‘n yillikning eng bahsli siyosiy mojarosi bo‘lgan Iroq urushi atrofidagi ko‘ngilsizliklar 2008-yilda ham davom etdi. Yil mobaynida minglab harbiy va tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Ayni urush AQSh prezidenti Jorj Bush va u mansub Respublikachilar partiyasi obro‘siga jiddiy putur yetkazib, prezidentlik saylovida respublikachilar nomzodi Jon Makkeynning mag‘lub bo‘lishida asosiy sabab vazifasini bajardi. Joriy yilda Iroq qurboni bo‘lgan AQSh askarlari soni 5000 ga yaqinlashdi. Halok bo‘lgan iroqliklar soni esa 100 mingdan oshgan. Bu yil Iroq urushiga oid yana bir muhim voqea shu bo‘ldiki, Iroq parlamentida yangi bitim imzolanib, unga ko‘ra, AQSh harbiy kuchlarining 2011-yilgacha Iroqni butunlay tark etishi kelishib olindi. Ungacha Iroqdagi boshqa ittifoqchi kuchlar, xususan, ular orasida AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni band etuvchi Angliya askarlari 2009-yilning iyun oyigacha mamlakatni butunlay tark etishi kutilmoqda. Bu axborot kuni kecha Birlashgan Qirollik Bosh vaziri Gordon Braun tomonidan ham tasdiqlandi.

AQSh va boshqa ittifoqchi kuchlar Iroqni butunlay tark etib, mamlakat boshqaruvi to‘la iroqliklar qo‘liga o‘tgan taqdirda ham o‘lkada kutilgan barqarorlik va tinchlik o‘rnatilishi dargumon. Chunki bir necha yildan beri davom etayotgan urush mamlakatning xavfsizlik tizimini, siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy infratuzilmalarini butunlay izdan chiqargan. Davlat yaxlitligi milliy va etnik nizolar ta’sirida alohida-alohida boshqariluvchi shia va sunniylar Iroqi hamda Kurdiston o‘lkalariga bo‘linib ketish xavfi ostida turibdi. Etnik nizolarning avj olishiga AQSh boshliq ittifoqchi kuchlarning demokratiya niqobi ostida olib borayotgan ayirmachilik siyosati aybdor. Shunday ekan, Iroq urushining qachon yakun topishi hali noma’lum. Hozircha shunisi aniqki, u 2009-yilda ham davom etadi.

Pekinda global birodarlik

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida shu yil avgustning 8-kunidan 24-kuniga qadar yirik sport bayrami – 29-Olimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur sport oyligi, shubhasiz, yilning eng muhim voqealaridan biriga aylandi. Ilk bor 1896 yili qadim Gretsiya poytaxti Afina shahrida o‘tkazilishi boshlangan zamonaviy Olimpiya o‘yinlari bugunga kelib turfa siyosiy-iqtisodiy tizimlarga ega, do‘st-dushman mamlakatlar uchun sport olamida birodarlik timsoli vazifasini bajarmoqda. Xitoyda o‘tkazilgan navbatdagi o‘yinlarda dunyoning 200 dan ortiq mamlaktidan 10500 nafar sportchi ishtirok etdi.

Musobaqalar davomida yangi 43 ta dunyo va 132 ta Olimpiya o‘yinlari rekordlari o‘rnatildi. Medal olgan mamlakatlar sonining ko‘pligi bo‘yicha ham musobaqa Olimpiya o‘yinlari tarixida rekord ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Shuningdek, u eng ko‘p xarajat sarflangan sport musobaqasi sifatida ham tarixda qoladi. Xitoy Olimpiya o‘yinlariga hammasi bo‘lib 42 mlrd. dollar mablag‘ sarflandi. Xarajatlarni o‘tgan musobaqalar bilan qiyoslasak, quyidagi manzaraning guvohi bo‘lamiz: 2004 yilgi Afina o‘yinlarida 15 mlrd., 2000-yilgi Sidney musobaqari uchun esa 7 mlrd. dollar sarflangan. 2012 yili Londonda o‘tkaziladigan 30-Olimpiya o‘yinlari uchun, Britaniya Olimpiya Assosiatsiyasi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, ko‘pi bilan 19 mlrd. dollar mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sportchilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, vatanimizga bir oltin, ikki kumush va uch bronza medali bilan qaytdi.

Gruziyada siyosiy inqiroz

Olimpiya o‘yinlari boshlanishi arafasida mazkur tinchlik va birodarlik bayramining mashhur bir an’anasi qo‘pol tarzda buzildi. 7-avgust kuni Gruziya mintaqasida urush olovi yoqildi. Bu ish jahon jamoatchiligi tomonidan dunyoning tinchlik ramzi sifatida alangalangan Olimpiya gulxaniga nisbatan amalga oshirilgan qo‘pol haqorat tarzida qabul qilindi.

Aslida hududdagi inqiroz urug‘lari avvalroq qadalgan edi. Gruziyaning NATO a’zoligi uchun qilayotgan harakatlari uning katta og‘asi Rossiya tomonidan xush qabul qilinmadi. Natijada Rossiya Gruziya tarkibidagi tan olinmagan Abxaziya va Janubiy Osetiya respublikalari bilan aloqalarni kuchaytirib, ularning mustaqilligini tan olish borasida amaliy qadamlar tashlay boshladi. Bu Gruziya hukumati va ayni paytda Yevropa Ittifoqining nomaqbul xatti-harakatiga nisbatan ogohlantirish edi.

Rossiya Gruziyani Abxaziya va Janubiy Osetiya chegaralarida askarlar sonini ko‘paytirib, ularni kuch bilan o‘ziga qo‘shib olishga tayyorlanayotganlikda aybladi va ikki o‘lkada tinchlikparvar rus askarlari sonini oshirishga qaror qildi. Bu Rossiya va Gruziya munosabatlarini yanada yomonlashtirdi. 31 may kuni Rossiya Abxaziyadagi buzilgan temiryo‘llarni ta’mirlash uchun maxsus temiryo‘lchilar harbiy qismini jo‘natdi. Gruziya hukumati bu harakatni Abxaziya hududiga rus askarlarining kiritilishi sifatida baholadi.

9-iyul kuni Rossiya harbiy qiruvchi samolyotlari Gruziya osmonidan uchib o‘tdi. Rasmiy Moskva mazkur xabarni tasdiqlab, u Abxaziyada saqlanayotgan to‘rt nafar askarni ozod qilish uchun Gruziya harbiy kuchlari tayyorlayotgan amaliyotga qarshi ogohlantirish sifatida uyushtirilganini aytdi. Bundan keskin norozi bo‘lgan rasmiy Tbilisi Moskvadagi elchisini Gruziyaga chaqirib oldi. Vaziyat keskinlashgan ayni pallada AQSh Davlat kotibi Kondaliza Raysning Gruziyaga tashrif buyurishi hamda NATOga a’zo bo‘lish masalasida Gruziyani rasmiy Vashington qo‘llab quvvatlashini e’lon qilishi inqiroz oloviga yog‘ sepgandek bo‘ldi.

Va nihoyat 7-avgust oqshomida Gruziya harbiy kuchlari o‘zboshimcha ikki o‘lkaning tanobini tortib qo‘yish uchun quruqlik va havo orqali Janubiy Osetiya poytaxti Sxinvaliga hujum boshladi. Gruziya rasmiylarining aytishicha, mamlakat harbiy kuchlari Janubiy Osetiya uyushtirgan artilleriya hujumiga javoban chegarani kesib o‘tgan. Natijada Rossiya ham zudlik bilan Janubiy Osetiyaga qo‘shin kiritdi. Gruziya kuchlari hujumi qaytarilib, harbiy amaliyotlar Gruziya hududida davom ettirildi. Besh kunga cho‘zilgan og‘ir janglardan so‘ng Gruziya kuchlari Janubiy Osetiya va Abxaziya hududidan butunlay surib chiqarildi. Gruziya g‘arbidagi bir necha shahar rus askarlari nazoratiga o‘tdi. Yevropa Ittifoqi vositachiligida erishilgan tinchlik bitimidan so‘ng Rossiya qo‘shinlari Gruziya hududini tark etgan bo‘lsa-da, chegaradagi tinchlikparvar kuchlar o‘z o‘rinlarida qoldirildi.

26 avgust kuni Janubiy Osetiya va Abxaziya respublikalarining Rossiya tomonidan tan olinishi mazkur siyosiy inqirozning kulminatsion nuqtasi bo‘ldi, deyish mumkin. AQSh va Yevropa Ittifoqi vakillari voqeaning bu tarzda rivoj topishini keskin qoralab, mazkur harakat Gruziya davlati yaxlitligiga rahna solishi bilan mamlakat ichki hududiy ishlariga noqonuniy aralashish sifatida baholandi.

Gruziya va Rossiya munosabatlari hanuz beqarorligicha qolmoqda. Janubiy Osetiya va Abxaziya bilan Gruziya o‘rtasidagi chegara hududlaridagi harbiy nizolar to‘la bartaraf etilgani yo‘q.

Jahon nazariga tushgan saylov

Shu yil dunyo siyosiy sahnasida barcha xalqlar, davlatlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan muhim voqealardan yana biri bu AQShda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi ekani shubhasiz.

AQSh davlatchilik tizimida har to‘rt yilda bir bor o‘tkaziladigan prezidentlik saylovi bu gal bir necha jihatlari bilan oldingilaridan ajralib turdi hamda mamlakat saylovi tarixida, shuningdek, dunyo siyosiy saylovlari solnomasida o‘ziga xos hodisa sifatida muhrlanib qoldi.

2008-yilning 4-noyabrida o‘tkazilgan saylovda Demokratlar partiyasi vakili Barak Obama raqibi Respublikachilar vakili Jon Makkeynni yirik hisobda mag‘lub etib, AQShning 44-prezidenti etib saylandi.

Obama AQSh prezidentligiga saylangan birinchi qora tanli fuqarodir. Shuningdek, u tarixda mamlakatning asosiy hududidan tashqarida tug‘ilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘lib qoladi. Obamaning onasi AQSh fuqarosi bo‘lgan oq tanli ayol, otasi esa keniyalik qora tanli kishi bo‘lib, Gavayi orolida tug‘ilgan.

Mazkur saylov ko‘p mablag‘ sarflanishi bo‘yicha ham odingi saylov kampaniyalarini ortda qoldirdi. Saylov jarayoni uchun barcha nomzodlar tomonidan yig‘ilgan umumiy mablag‘ 1 mlrd. 644 mln. 712 ming dollardan oshib ketdi. Shaxsan Barak Obamaning o‘zi saylov targ‘iboti uchun 513 mln. 557 ming dollar sarfladi. Bu borada uning asosiy raqibi Jon Makkeyn ishlatgan pul 346 mln. 666 ming dollarni tashkil etdi.

Mazkur saylov dunyo jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish va ishtiyoq bilan kuzatildi. BBS xizmati so‘rov o‘tkazgan 22 mamlakatning barchasida ishtirokchilarning aksariyati Barak Obamani qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Obama saylovda g‘alaba qozongan kun nafaqat AQShning o‘zida, balki dunyoning ko‘plab boshqa mamlakatlarida ham yangi prezidentning muxlislari tomonidan xursandchilik namoyishlari o‘tkazildi. Obamaning ota yurti Keniyada g‘alaba keng bayram sifatida nishonlanib, prezident Kibaki tomonidan 6-noyabr g‘alaba sharafiga rasman dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Obamaning katta farq bilan g‘alaba qozonishida AQShning ichki va tashqi siyosatida yuzaga kelgan muammolar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublikachilar vakili, amaldagi Prezident Jorj Bushning mamlakatda obro‘si tushib ketgani, xalqaro hayotda Bush ma’muriyati olib borgan Iroq va Afg‘oniston urushlari oqibatida AQSh obro‘siga putur yetgani, mamlakat iqtisodining pasayishi kabi omillar mazkur prezidentlik saylovida Demokratlar vakili Obamaning mutlaq g‘alabasini ta’minladi.

Endilikda jahon jamoatchiligi, xususan, Amerika xalqi avvalgi prezidentlardan ko‘p jihatlari bilan farq qiluvchi yosh, serg‘ayrat Barak Obamadan katta ijobiy o‘zgarishlar olib keluvchi ishlarni kutishmoqda.

Dunyo tiz cho‘kdi…

2008-yilning oxirgi choragiga kelib dunyo moliyaviy inqiroz domiga tushdi. AQShda Lehman Brothers moliya firmasining bankrotlikni e’lon qilishi bilan boshlangan jahon moliyaviy bo‘hroni tez fursatda dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlari moliya va bank tizimlarini ham qamrab oldi. Oz vaqt ichida dunyoning bir necha yirik bank va firmalari inqirozga uchraganlarini e’lon qildi. Inqirozning kelib chiqishiga uy-joy qurilishi loyihalari uchun chiqarilgan katta miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarilmagani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, dunyo iqtisodini tizzasiga cho‘ktirgan mazkur bo‘hron erkin bozor iqtisodiyoti o‘z-o‘zini nazorat qilib turishi haqidagi afsonaviy qoidaning haqiqatga har doim ham to‘g‘ri kelavermasligini ko‘rsatdi. AQSh boshliq yirik kapitalist o‘lkalarning mamlakat iqtisodini qutqarib qolish uchun davlat himoyasi va aralashuvi zarurligini tushunib yetganlari ular ajratayotgan ulkan miqdordagi yordam loyihalaridan ham anglashilmoqda.

Mutaxassislar jahon iqtisodiyotidagi mazkur global depsinishni 1929-33-yillarda dunyo iqtisodini vayron etgan Buyuk Tushkunlik inqirozidan so‘ng ro‘y bergan eng katta bo‘hron ekanini ta’kidlashmoqda. Hanuz davom etayotgan inqiroz hozirgacha 3 trillion dollardan ortiq moddiy zarar keltirdi. Uni bartaraf etish uchun shu kungacha sarflangan mablag‘ esa 8 trillion dollardan ziyodni tashkil etmoqda.

Nobel mukofoti sovrindori, Jahon bankining sobiq bosh iqtisodchisi Jozef Stiglitzning aytishicha, inqirozning asosiy sababi bugun dunyoda hukm surayotgan bank-moliya tizimining munofiqona qonun-qoidalaridir. Uning ishonishicha, shu paytgacha AQSh boshliq kapitalist dunyosi e’tiqod qilib kelayotgan to‘la erkin bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari va ularning rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiga shart-sharoitlar hisobga olinmagan holda “eksport” qilinishi o‘zini bugun amalda mutlaqo oqlamasligi ayon bo‘ldi. Shu boisdan ham mutaxassislar dunyo moliya-iqtisodiyot tizimini o‘z monopoliyasida tutib turgan Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi kabi global tashkilotlarni isloh qilish, ularda rivojlanayotgan mamlakatlar ko‘proq ovoz va ta’sirga ega bo‘lishlariga yo‘l qo‘yish lozimligini aytishmoqda. Jahon iqtisodiyotining muttasil va bir maromda rivojlanib borishi rivojlangan yetakchi davlatlarga bu kabi islohotlar haqida o‘ylab ko‘rishga imkon bermayotgan edi. Ularni chulg‘ab olgan hozirgi moliyaviy inqiroz esa ayni masalani qayta ko‘tarish uchun vaqt pishib yetilganini ko‘rsatmoqda.

Qisqa satrlarda…

Endi qisqa satrlarda yilning boshqa muhim voqealarini yodga olamiz.

2008-yilning 22-aprel kuni Londondagi Murfilds shifoxonasida ikki nafar ko‘zi ojiz insonga ko‘z ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha dunyodagi birinchi jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.

28-aprel kuni Hindiston fazoga bir urinishda 10 ta sun’iy yo‘ldosh chiqarib, bu borada jahon rekordini o‘rnatdi.

23-may kuni Gaagadagi Xalqaro tribunal hudud talashish bo‘yicha Malayziya va Singapur o‘rtasida 29 yil davom etgan mojaroga yakun yasab, Midl Rokni Malayziyaga, Pedra Brankani esa Singapurga berish to‘g‘risida hukm chiqardi.

28-may kuni Nepalning 240 yil davom etgan monarxiya tizimi bekor qilinib, o‘rniga Nepal federal demokratik respublikasi tashkil topgani e’lon qilindi.

10-iyun kuni atoqli adib Chingiz Aytmatov 80 yoshida vafot etdi.

17-oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi Turkiya, Avstriya, Yaponiya, Uganda va Meksikani BMT Xavfsizlik Kengashining ikki yillik muvaqqat a’zoligiga sayladi.

21-oktyabr kuni dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarining 10 000 dan ziyod olimlari hamkorligida proton energiyasi bo‘yicha tajribalar o‘tkazish maqsadida yaratilgan Katta Adron Kollayderi (KAK) ning rasman ochilish marosimi o‘tkazildi.

22-noyabr kuni Mars sayyorasidan muzlagan suv parchasi topildi.

O‘ZBEKISTON YILNOMASI

O‘tgan 2008-yil yurtimiz uchun ko‘p yangilik va o‘zgarishlar yili bo‘ldi. Avvalo, vatanimiz 1 sentyabr kuni 17 yillik navqiron yoshini katta tantana bilan nishonladi. Joriy yilning “Yoshlar yili” deb e’lon qilinishi ham istiqlol farzandlari uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. “Yoshlar yili” Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun Respublikamizda shu kunga qadar barcha manbalar hisobidan 1 trillion 248 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi. Ayni reja doirasida 184 zamonaviy litsey va kollej barpo etildi. 1 ming 875 maktabda yangi qurilish, rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

O‘tgan oylar mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlari uchun ham yomon kechmadi. Yil oxirigacha 1,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Ularning 70 foizini to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilgan mablag‘ tashkil etgan. Keyingi yilda ham 1,8 mlrd. AQSh dollaridan ziyod xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Inflyatsiya darajasi 2008-yilning o‘tgan 11 oyi davomida 6,6 foizni tashkil etdi.

Quyida yilning shu kabi Vatanimizga oid boshqa muhim voqealarini umumlashtirib, yana bir bor yodingizga solmoqchimiz. Qilingan ishlar kelgusidagi ish-rejalarimiz uchun unumli saboqlar chiqarishimizda bizga katta yordamchi bo‘ladi deb umid qilamiz. Zero, tarixni bejiz ustozga o‘xshatishmaydi.

2008 yil 1 yanvar. Shu kundan boshlab O‘zbekison Respublikasida o‘lim jazosi bekor qilindi.

2-aprel. “Toshkent shahrining 2200 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori chiqdi. Unda 2009-yil martda Toshkent shahrida “Toshkentning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish ko‘zda tutildi. Yil davomida yubileyga tayyorgarlik ishlari davom etdi.

28-aprel–4-may. O‘zbekistonda birinchi marta Kimyo fanidan 42-Xalqaro fanlar olimpidasi o‘tkazildi. Unda 15 davlatdan 104 o‘quvchi ishtirok etib, jamoa hisobida birinchi o‘rin O‘zbekison Respublikasi vakillariga nasib etdi.

1-may. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Shu asosda yurtimiz o‘quv maskanlarida yil davomida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, undagi haq-huquqlar kafolatlari va ahamiyati haqida turli tadbirlar o‘tkazildi. 10 dekabr kuni Respublikamiz maktab, litsey, kollej va oliy o‘quv yurtlarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bag‘ishlangan umummilliy dars o‘tkazildi.

Sentyabr oyida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 90 yilligi nishonlandi.

4–18-oktyabr kunlari. Toshkent shahrida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.

14-noyabr. O‘zbekston yoshlari Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o‘rinni egallashdi.

2-dekabr. “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etish maqsadida Navoiy viloyati xalqaro aeroporti hududi atrofida 30 yil muddatga “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Bu muddat keyinchalik yana uzaytirilishi mumkin. Mazkur hududda eksport mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 3 million yevrodan 10 million yevrogacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 7 yilgacha yer solig‘i, mulk solig‘i, daromad solig‘i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo‘l jamg‘armasi va Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etiladi. 10 million yevrodan 30 million yevrogacha mablag‘ kiritganlar esa 10 yilgacha yuqoridagi soliqlardan ozod qilinib, keyingi 5 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi. Yuqoridagi shart bilan 30 million yevrodan ortiq mablag‘ kiritilganda esa, investorlar15 yilgacha soliqlardan ozod etiladi hamda keyingi 10 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi. Hozirda “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasini tashkil etishning iqtisodiy-huquqiy asoslarini yaratish ishlari davom etmoqda.

Ertaga 2009-yil

Bir kundan so‘ng yangi yilga qadam qo‘yamiz. Shovullab oqayotgan vaqt esa ra’yimizga qaramasdan shitob bilan oldinga intilishda davom etyapti. Bir donish zot kun kelib vaqt atalmish yaratiliqning o‘z mezonidan ko‘ra tezroq aylanishini bashorat qilgan ekan. Shunday paytlar kelar emishki, yillar oy kabi, oylar kun kabi, kunlar esa soat kabi qisqa va tez o‘tar ekan. Ko‘z yumib ochguncha o‘tib ketayotgan kunlarni ko‘rib, darhaqiqat, kunlar soatga aylanib qoldimikin, deya o‘sha mashhur bashorat yodga tushadi. Balki vaqtimizdan baraka qochgandir? Ha, vaqtning nisbiy ahamiyatga ega ekani, u insonning kayfiyati, nima ish qilayotganiga qarab turlicha tasavvurdagi tezlik bilan o‘lchanishi ham bor gap. Ishonchim komil, nasib qilsa, “ko‘z yumib ochguncha” yana siz bilan 2009-yil sarhisobini qilib, shu sahifa orqali diydor ko‘rishamiz. Umid qilamizki, u kunlar bugungisidan ko‘ra nurafshonroq, vaqtimiz esa barakaliroq bo‘ladi.

“Ma’rifat” gazetasi, 2008-yil, 31-dekabr

BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR
Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoyinki, sil, silariya (o‘pka sili) va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh (jon azobi), bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi, yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgan va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalaturg‘on to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman.

Atomizdan mehribon Tangrimiz jalla va a’lo Q‘ur’oni Karimda “Lo talaqqu bi yadikum ala tahlikkatihi”, ya’ni o‘z qo‘llaringiz ila o‘zingizni tahlikaga otmangiz, der. Biz bo‘lsa, badbaxtona va Xudoning amrig‘a bo‘yun qo‘ymasdan kofirona bir suratda to‘y va azo degan, yo‘q bo‘lushimizg‘a sabab bo‘lgan odatlarga boru yo‘qimizni sarf va isrof etarmiz. Yilda ikki oy Navro‘zi kofiri uchun sayr etarmiz. Bir oy muqaddam Samarqandni Panjakent qasabasidagi Navro‘z sayrig‘a mushak-fishang otishdan uchgina kishi o‘lub, o‘ndan ziyoda kishi majruh bo‘ldi. Ko‘pkari va uloq chopmoqlik odati ma’lunonsig‘a har viloyatdan har sana yuzlar ila kishi oxiratg‘a ko‘char, na qadar kishi majruh va ma’yub bo‘lar. Ko‘p kishilar sayr va ko‘pkari shumligi ila ishdan va ziroat vaqtidan qolur. Uyig‘a yo‘q, xo‘kkuzi va sog‘ar siyiri yo‘q ekan, bir necha yuz so‘mg‘a ot olib va har kuni anga hindek parastish etib, har kun bir so‘m sarf etar, na uchun? To‘y va sayrg‘a ko‘pkari chopmoq uchun. Un-yigirma chaqirimg‘a to‘y bo‘ldimi, har kim ishini, dehqonchiligini qo‘yub, otlanib ko‘pkariga ketar. Dehqon uchun oltundan aziz vaqt favt bo‘ldi-ketdi. Eski birgina kun so‘ngra yig‘ilgan uchun yog‘inga qolib, ba’zi xirmonlar chirib ketar.

Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom elitib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto, oylar ila ishdan qolurmiz. Holbuki, shore’i a’zam, Payg‘ambari akram, sallollohi alayhi vasallam, hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishg‘a ketmoqg‘a va o‘lukxona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar. Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun Xudo va Rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni na’fimizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami? Biz taklifdan tashqarimi (Taklif-bu yerda, insoniy burch, vazifa ma’nosida), Xudo uchun so‘ylangiz. Biz nima?

Mahmudxo‘ja Behbudiy,

“Oyna” jurnali, 1915-yil, 13-son

SO’Z ERKINLIGINING CHEKI BORMI?
15:11. Bugun “PR Foundations” darsida kursdoshim Jo Vatikan hamda boshqa nasoro guruhlarining “Da Vinchi kodi” filmiga nisbatan ko’rsatgan munosabatlari etikaga qanchalik to’g’ri kelishi haqidagi yozma ishini himoya qildi. Gap men tashlagan savoldan so’ng so’z erkinligi huquqi ostida diniy e’tiqodlarni tahqirlash mavzusiga taqaldi.

Guruhlarning filmga munosabati qanchalik etikaga to’g’ri kelishi mavzusini bahs etishdan oldin, avvalo, diniy e’tiqodni buzib ko’rsatuvchi, hatto tahqirlovchi kitob yozish yoki film yaratish qanchalik etikaga to’g’ri keladi, degan savol tashladim. Kursdoshlarimning deyarli barchasi so’z erkinligi bunga ruxsat beradi, deyishdi. Juda bo’lmaganda, AQSHda, deb qo’shimcha qilishdi. Biroz bahsga kirishdik. Darsdan so’ng, Lesley, Jo va Karol bilan ayni suhbatni tashqarida davom ettirdik. Payg’amabrimiz Muhammad (sav) haqida Daniyada chizilgan suratlar mavzusi ham yodga olindi…

Umuman, qiziq mavzu. Meni doim bu masala o’ylantiradi. So’z erkinligi insonga istalgan narsani gapirish yoki qilish huquqini beradimi? Bu huquq shunchalar cheksizmi?

Bu haqda kengroq maqola yozib, blogimga qo’ymoqchiman. Ammo bu ko’p izlanishni, vaqtni talab etadi. Fursat masalasida hozir qashshoqman. Nasib qilsa, yaqin orada bu haqda yozaman.

ELCHIXONA ALLOHNI ESLATDI…
Bugun muhim ishim bor. Peshindan so’ng elchixonaga kirishim kerak. Maqsadim — suhbatdan muvaffaqiyatli o’tib, xorijda magistraturani o’qish uchun grantni qo’lga kiritish.

Shuning uchun erta sahar har kungidan boshqacha bo’lib uyg’ondim. Chiroyli tahorat olib, bomdod namozini xushu’-huzu’ bilan o’qidim. So’ng Allohga uzoq duo qildim. Bugungi ishimda madadkor bo’lishini, suhbatdan muvaffaqiyatli o’tib, o’qish uchun grant yutishimni hamda bu o’qish men uchun xayrli bo’lishini so’radim. Oxiratim uchun so’rashni ham unutmadim. Istig’for-u salovotlarni o’qib, maxsus duoni xirgoyi qilgancha ko’chaga otlandim…

Bu bugungi kunim. Lekin kechagi va undan oldingi kunlarim ham shu kabi bo’lgan, deb aytolmayman. Bugungidek Allohga ixlos bilan duo qilmagan kunlarim behisob. Ishga ketishdan oldin bir lahza cho’k tushib kunimning xayrli o’tishini so’rab qachon oxirgi marta duo qilganimni eslolmayman…

Nega bugun Allohga alohida ixlos bilan duo qilib qoldim?! Chunki bugun muhim ishim bor. Bunaqa paytlar Alloh yodga tushib qoladi. Ishimiz bitishini istab hatto kechasi tahajjudga ham turamiz. Boshimizga qiyinchilik tushsa-ku, bundan ham battar xudojo’yga aylanamiz. Vaholanki, olayotgan har bir nafasimiz, sog’-omon o’tayotgan har bir daqiqamiz, xalqumimizdan o’tayotgan har bir ho’plam suv naqadar ulug’ ne’mat ekanini va bular uchun har kuni, har soniya beto’xtov shukr-u hamdlar aytsak-da oz ekanini har doim ham o’ylab ko’ravermaymiz.

Bu dunyo hayoti uchun eng zarur narsa nima deb, istang dahriydan, istang dindordan so’rab ko’ring, ularning barchasi havo va suv deb javob berishi shubhasiz. Odatda, muhim narsalar haqida gap ketganda, suv bilan havodek zarur degan iborani ishlatamiz. Bu ham mavjud ne’matlarning naqadar kerakli va zarur ekaniga ishora. Alloh taolo ana shunday eng zarur ne’matlarni tekin va yetishish oson qilib qo’yibdi. Istasa, uni pulli yoki xos joylarga mashaqqat bilan borib qo’lga kiritiladigan narsa qilib qo’yishi ham mumkin edi. Lekin unday qilmadi, balki eng topilishi oson ne’mat qilib qo’ydi.

Ana shunday ne’matlar bergan Allohga nega shukrona keltirmayapmiz? Nega unga faqat bugungi kunimdek ehtiyojimiz tushganda yoki boshimizga musibat kelganda yolboramiz?..

Keling, har tong uyg’onganimizda, har kecha uyquga ketish uchun o’rnimizga kirganimizda, maxsus duolarni o’qishga odatlanaylik. Hech bo’lmaganda, ey Alloh, o’tgan ushbu kun uchun Senga behisob shukrlar bo’lsin, yoki, ey Alloh, yana sog’-omon tong orttirganim uchun Senga shukrlar aytaman, deyishni o’zimizga odat qilaylik.

Keling, do’stim, shu ishni birga qilamiz…

2009-yil, 22-yanvar

CHEKISHDAN QUTILISH MUMKINMI?
Mumkin emas deganlar o’qi(ma)sin!

Chekish sog‘liq uchun xavfli ekanini hamma biladi. Uning qon-tomir, o‘pka, yurak, rak kabi kasalliklarga olib borishi va alaloqibat chekuvchini halok qilishi ham ko‘pchilikka ma’lum. Shuning uchun kashandalar orasida chekishga o‘rganib qolganidan afsuslanadigan, ammo uni endi tark etolmay qiynalib yurganlar ko‘p.Ana shunday kishilarning istalgan biridan so‘rab ko‘ring, u chekishni qanday boshlagan ekan?Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, chekuvchilar odatda birinchi bor boshqalarga havas qilib, kimgadir qiziqib yoki shunchaki kattalar, film qahramonlariga taqlid qilgani uchun lablariga tamaki qistirishadi. Nikotin xumorini qondirish, chekkandan so‘ng badanning orom olishi kabi kashandalar istaydigan holatlar birinchi chekishda ro‘y bermaydi. Aksincha, tamakidan olingan ilk “bo‘sa” ko‘pchilikda yoqimsiz taassurot qoldiradi.Bilib-bilmay muntazam chekib yurish oqibatida chekishning yuqori bosqichlari-unga o‘rganib qolish, usiz turolmaslik kabi holatlar yuzaga keladi. Kashandalarning aksariyati endi majburliklaridan, badanlari nikotin moddasiga o‘rganib qolgani uchun chekadi. Organizmi shu zaharli og‘uni talab qilayotgani bois ular har kuni burqsitib tamaki tutatishga majbur.Kuniga 10 donadan ko‘p tamaki “tanovul” qiladigan chekuvchi rasman kashanda hisoblanadi. Bundan kam chekuvchilar esa, hali nikotin moddasiga to‘la o‘rganmagan hisoblanib, ularning chekishni tark etishlari kashandalarga qaraganda oson kechadi. Chekuvchilar kun o‘tgan sayin badanlarini zaharlab, zaiflashib, o‘limga olib boradigan dardlarga duchor bo‘layotganlarini yaxshi bilishadi. Shuning uchun ularning aksariyati chekishga o‘rganib qolganlaridan afsuslanadi. Uni tark etishga ko‘p bor urinishadu-yu, ammo ko‘pincha muvaffaqiyatsizlikka uchrab, yana chekishda davom etadi.Dunyo bo‘ylab har kuni 15 mln. inson chekishni tashlashga urinar ekan. Siz ham shu ishga qo‘l ursangiz, shu millionlab insonlarning biri bo‘lasiz.

Biz bugungi maqolamizda ayni shu maqsad yo‘lida chekuvchilarga yordam berishni niyat qildik. Sizga qanday qilib chekishni butunlay tark etish mumkinligini tavsiya etmoqchimiz. Bu, shunchaki, chekishni tashlang, oqibati o‘lim bilan tugaydi, degan oddiy qo‘rqitish yoki umumiy nasihatlardangina iborat bo‘lmaydi. Balki tajribada sinalgan, foyda bergan usullar, yo‘llar haqida hikoya qilamiz. Jahondagi malakali va tajribali sog‘liqni saqlash tashkilotlari hamda maxsus chekishga qarshi kurash jamiyatlarining tibbiyot vakillari va tadqiqotchilar bilan hamkorlikda ishlab chiqqan hamda sinab ko‘rgan ilmiy yo‘l-yo‘riq va dasturlarini e’tiboringizga havola qilmoqchimiz.

Bular chekishni tashlashni niyat qilib, ammo undan qanday qutilishni bilmayotgan yoki eplolmayotgan hamyurtlarimiz uchun kerakli qo‘llanma va amaliy yordam bo‘ladi, deb umid qilamiz.

Chekish odatidan qanday qutilish mumkinligi haqida so‘z yuritishdan oldin yana bir muhim gapni aytib o‘tmoqchimiz. Bu hali chekuvchilar safiga kirib ulgurmagan, biroq unga qiziqib, ta’mini tatib ko‘rgan, kashandalar olamiga endi kirib kelayotgan yoshlarga qaratiladi. Diqqat, ogohlantirish: Ehtiyot bo‘ling! Siz shunday bir olamga kirib kelyapsizki, ertaga bu yerdan chiqishni istab qolsangiz, ortga qaytish juda qiyin bo‘ladi. Bu ko‘chaga kirganingizdan so‘ng ko‘p pushaymon yeyishingiz aniq. Ishonmasangiz, sen chekishga o‘rganma, deb, ammo o‘zi tamaki burqsitib o‘tirgan kattalardan so‘rang. Chekma, deb nega o‘zi chekayotgani haqida bir o‘ylab ko‘ring. So‘nggi pushaymon-o‘zingga dushman bo‘lmasligi uchun, hozirdan buni tushunib yeting!

Tamaki zararlari haqida

Chekishning zararlarini yana bir bor esingizga solsak. Aynan chekish tufayli kelib chiqadigan kasalliklarning ayrimlari quyidagilar: o‘pka raki, yurak xuruji, qon, xususan, miya tomirlarining yopilib qolishi, jinsiy ojizlik, osteoporosis (suyakning mo‘rtlashishi), ayollarda bachadon raki va hokazo. Bu dardlarning aksariyati bedavo va oxiri bemorning o‘limi bilan tugaydi. Har kuni dunyo bo‘ylab minglab odam chekish keltirib chiqargan xastaliklardan halok bo‘ladi. Masalan, birgina Angliyaning o‘zida chekishga bog‘liq dardlar qurboni bo‘layotganlar soni har yili 114 000 nafarni tashkil etadi. Muntazam chekish inson umrini o‘rtacha 13-14 yilga qisqartiradi. Tasavvur qiling, o‘lim to‘shagida yotibsiz. O‘limingizga sabab – badaningiz qarigan. Agar chekmaganingizda, o‘pkangiz, qon tomirlaringiz, yuragingiz hozirgidan ko‘ra ancha yosh bo‘lib, yana kamida 10 yil umr kechirgan bo‘lardingiz. Bu avvalgi noto‘g‘ri amallaringizga tavba-tazarru qilib qolishingiz uchun yetarli muddat. Boy berilgani uchun afsuslanishga arziydigan vaqt. Inson umrining, o‘rtacha hisoblaganda, oltidan biri. Demak, siz uchun eng aziz bo‘lgan hayot ne’matini o‘zingizda ko‘proq saqlab turmoqni istasangiz, chekmaslikka astoydil intiling.

Tayyormisiz?

Avvalo, chekishni tashlash uchun o‘zingizni ruhan tayyorlashingiz kerak. Men chekishni butunlay tark etmoqchiman, unga endi umuman qaytmayman, degan qat’iy ahd va ishonchga ega bo‘lish bu jarayonda juda muhim. Boshidan ogohlantirib o‘tamiz, quyida keltiriladigan usullar hammada ham samarali chiqmagan. Balki qat’iy ruhiy ishonch va matonatga ega bo‘lganlargina chekishni butunlay tark etishga erishganlar.

Shuning uchun hammasini boshidan hisoblang. Qilmoqchi bo‘layotgan ishingiz sog‘lig‘ingiz uchun juda muhim va ayni paytda amalga oshirish qiyin bo‘lgan vazifa ekanini his qiling. Muvaffaqiyat qozonish hamda chekish illatidan butunlay xalos bo‘lish uchun katta sabr va matonat kerakligini yurakdan his eting. Shuni uddalay olishga ko‘zingiz yetsa (ko‘zingiz yetadi!), o‘zingizni ruhiy jihatdan shunga tayyor deb hisoblasangiz, ishga kirishish vaqti kelibdi.

Demak, tayyormisiz?

Unda boshladik…

Chekish odatidan bir kunda qutilishning iloji yo‘q. Aksincha, asta-sekin tamaki miqdorini kamaytirib borish bilan bu xunuk odatni butunlay tark etishga erishish mumkin.

Avvalo, tamakidan mutlaqo qutilishingiz kerak bo‘lgan aniq muddatni belgilab oling. Masalan, men bir oydan keyin falon kuni umuman chekmayman, degan qat’iy reja tuzing. Shundan so‘ng o‘sha belgilangan kun kelguncha kundalik chekiladigan tamakilar sonini qisqartirib boring. Masalan, siz bir kunda o‘nta tamaki chekayotgan bo‘lsangiz, bugun 9 dona cheking. Ertasiga uning miqdorini sakkiztaga tushiring. Yoki har ikki kunda uning miqdorini bittaga kamaytirib boring. Va har bir chekilayotgan tamakini oxiriga yetkazmang, yarmiga borganda chekishni to‘xtatib, qoldig‘ini tashlab yuboring. Yana tamakilarni kunning juft soatlarida chekishga odatlaning. Masalan, soat 14 da, 16 da va hokazo. Ya’ni chekiladigan har ikki tamaki orasida kamida bir soat vaqt o‘tsin.

Har safar chekishdan so‘ng kuldonni tozalang va uni ko‘zdan yiroq joyda saqlang. Shuningdek, tamaki isi keladigan jihozlarni, xonani yoki mashina salonini hid ketguncha tozalang.

Chekishni tark etishga o‘rgatadigan mazkur dasturni o‘zingizga o‘xshagan biror kashanda do‘stingiz bilan birga boshlashingizni maslahat beramiz. Erishilgan muvaffaqiyat va kamchiliklar haqida u bilan o‘zaro fikrlashishni yo‘lga qo‘ying. Siz do‘stingizni, do‘stingiz esa sizni nazorat qilib tursin.

Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarishga odatlaning. Jismoniy mehnat bilan ko‘proq shug‘ullanish bu borada katta yordam beradi.

O‘zingiz yoqtirmaydigan tamaki turini chekishingiz ham muhim ahamiyatga ega. Ta’mi yoqmaydigan boshqa navni ishlatish chekishdan ko‘nglingiz qolishiga yordam beradi.

Agar odamlar bilan birga chekishni yoqtirsangiz, yolg‘iz qolganingizda cheking. Agar aksincha bo‘lsa, odamlarning yonida cheking.

Yoningizdagi chekayotganlar sizga ham tamaki ilinsa, “Yo‘q, rahmat, men chekmayman”, deyishga o‘rganing.

Tamakini tutatganingizda, har safar nima uchun chekayotganingizni yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Chekishga olib boradigan sabablardan o‘zingizni uzoq tuting.

Chekishni tark etishingizni lozim qiladigan eng asosiy beshta sababni bir qog‘ozga yozib oling va uni muntazam har kuni o‘qib turing.

So‘nggi kun

Va nihoyat, tamakini butunlay tark etishingiz kerak bo‘lgan kun keldi. Endi sizga chekish mutlaqo taqiqlanadi. Chekish haqida o‘ylay ham ko‘rmang. Tamaki qutilari, kuldon va olovlantirgichlarni yo‘qoting. Chekuvchilar bilan ham ko‘p gaplashib o‘tirishni tark etish lozim.

Oila a’zolaringiz, do‘stlaringizdan sizni muntazam kuzatib, tergab turishlarini iltimos qiling. Ular yana chekishga qaytishingizga yo‘l qo‘yishmasin. Har bir kuningiz uchun reja tuzing. Aslo bekor qolmang. Doim foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ling.

Har kuni kamida sakkiz stakandan suv iching. Bu tanadagi nikotin qoldiqlarining chiqib ketishiga yordam beradi.

Og‘izni bo‘sh qoldirmaslik kerak. Doim shakarsiz saqich, konfet kabi yeguliklar bilan og‘izni band etish maqsadga muvofiq.

Chekishning xumori tutganda chuqur-chuqur nafas olib, xonada bo‘lsangiz tashqariga chiqing, o‘tirgan bo‘lsangiz, turish kerak.

Kundalik ovqatlarni o‘z vaqtida tanovul qilish ham muhim. Chekmasdan o‘tkazgan har bir kuningiz uchun o‘zingizni rag‘batlantiring. Rejada ko‘zda tutilgan biror vazifani bajarmaganingizda esa o‘zingizni jazolang. Bu vazifani sizga so‘zi o‘tadigan biror kishiga, masalan, ota-onangizga yoki do‘stingizga topshirganingiz ma’qul. Rag‘batlantirish va jazolash ishlarida moddiy manfaatdorlik usullarini qo‘llash yaxshi samara beradi.

Bir necha kun o‘tib chekish xumori va odati sizni ilgarigidek bezovta qilmayotganini his etasiz. Lekin hali butunlay muvaffaqiyat qozonganingiz yo‘q. Shunday paytlar keladiki, tamaki chekishga nisbatan kuchli xohish paydo bo‘lib, dunyo ko‘zingizga qorong‘i va tor ko‘rinib ketadi. Sabr qiling. Xumor bir necha daqiqa ichida o‘tib ketadi. Bu orada sekinlik bilan chuqur-chuqur nafas olish lozim. Shu tarzda sekin suv sipqorib, qultumni yutishdan oldin og‘izda bir muddat tutib turish ham foyda beradi. Boshqa biror narsa haqida o‘ylab, chekishni xayoldan chiqarib tashlang. Muvaffaqiyatli o‘tayotgan har bir kunni taqvimda belgilab boring.

Xullas…

Chekishni tark etish oson emas. Ko‘pchilik bir necha marta harakat qilsa ham muvaffaqiyatga erisholmaganidan noliydi. Lekin bir-ikki bor uringandan keyin, men eplolmas ekanman, deb mashqlardan voz kechish yaxshi emas. Chunki chekishni butunlay tashlashga erishganlarning aksariyati aynan bir necha marta uringandan keyin muvaffaqiyat qozongan.

Yuqoridagi mashqlarni bajarish davomida muvaffaqiyatli o‘tgan har bir kun, haftani sarhisob qilib boring. Haftalab, oylab chekmasdan erishib kelayotgan mashaqqatli mehnatingiz samarasini bitta tamakini burqsitish bilan chippakka chiqarish naqadar alamli ekani haqida o‘ylang. Nima uchun chekishni tashlayotganingiz sabablarini o‘zingizga bot-bot eslatib turing.

Va nihoyat, agar hanuz muvaffaqiyat qozonolmayotgan bo‘lsangiz yoki yana qo‘shimcha maslahatlarga ehtiyoj sezsangiz, tushkunlikka tushmang va bizga murojaat eting. Aynan qaysi masalada qiynalayotganingizdan bizni boxabar qiling. Buning uchun bizga maktub yo‘llashingiz mumkin. Ahvolingizni o‘rganib, mutaxassislar bilan bog‘langan holda sizga qo‘limizdan kelgan yordamni berishga harakat qilamiz.

“Ma’rifat” gazetasi, 2008-yil.

ZAYD SHAKIR: “QIYOMATNING ALOMATLARINI KUTMANG!”
Bugun universitetimizga AQSHlik taniqli Islom olimi Zayd Shakir tashrif buyurdi. Mehmon bilan kechki soat 6:30 dan 8:30 gacha Talabalar Ittifoqi binosida suhbatda bo’ldik.

Zayd Shakir Islomning G’arbdagi taniqli  ulamolaridan. Kaliforniyaning Berkeley shahrida tavallud topgan. 1977-yil AQSH Havo Kuchlarida harbiy xizmatda bo’lgan chog’ida Islom dinini qabul qilgan. Vashingtondagi Amerika Universitetida Xalqaro Munosabatlar bo’yicha bakalavrlik darajasini, Rutgers Universitetida Siyosatshunoslik bo’yicha magistrlik darajasini olgan.

Misrda bir yil arab tili tahsilini olgandan so’ng, Konnektikutdagi musulmonlar jamoasida faol tashkilotchilik ishlari bilan band bo’ldi. Masjid al-Islomni tashkil etishda qatnashib, unga 1988-1994-yillar davomida imomlik qildi. So’ng an’anaviy Islom ilmlarini o’rganish maqsadida Suriyaga yo’l oldi.

Yetti yil davomida Suriyada, so’ng bir muddat Marokashda Arab tili, Islom huquqi, Qur’on va Tasavvuf ilmlarini o’rgandi. 2001-yili Suriyaning mashhur Abu Nur Universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, Konnektikutga qaytadi va yana Masjid al-Islomda imomlikni davom ettiradi. Shu yili uning Arab tilidan Ingliz tiliga o’girgan “Payg’ambarning merosxo’rlari” asari nashrdan chiqadi.

Imom Zayd 2003-yili Kaliforniyaga ko’chib o’tdi. Hozir bu yerdagi Zaytuna Institutida Arab tili, Islom huquqi, Tarix va Tasavvufdan talabalarga dars bermoqda. 2005-yili Zaytuna Instituti uning turli maqolalaridan iborat “Tarqoq chizgilar: amerikalik musulmonning kechinmalari” nomli kitobni nashrdan chiqardi…

Universitetimizda uning ishtirokida o’tgan bugungi uchrashuv maroqli bo’ldi. Zayd Shakir hazil-mutoyibaga ham usta ekan. Yig’ilganlarga ham ilm, ham xush kayfiyat ulashdi. Suhbat yoshlar va bugungi kun musulmonlari uchun dolzarb bo’lgan turli mavzularni qamrab oldi. Men daftar-qalam olib, muhim fikrlarni yozib olishga harakat qildim.

Gap Allohning mehribonligi haqida ketganda, Zayd Shakir 100 ta odamni o’ldirgan bir kishining Alloh rahmati bilan jannatga kirganligi haqidagi hadisni yodga oldi. Ushbu rivoyatning qisqacha mazmuni shunday: Bir kishi umri davomida 99 ta odamni nohaq o’ldirgan bo’ladi. Payti kelib, qilgan ishlaridan pushaymon chekadi va Xudo meni kechirarmikan, deb odamlardan so’raydi. Uni bir taqvodor obidning huzuriga jo’natishadi. Obid uning qilgan ishlarini eshitib, sendan osiy odamni Xudo qanday kechirsin, deb g’azabini sochadi. Natijada tavba qilmoqchi bo’lgan odam uni ham o’ldirib, qurbonlari sonini 100 taga yetkazadi. Keyin, endi meni Xudo qanday kechirsin, deb turganda, uni boshqa bir olim zotning huzuriga yo’llashadi. Olim uning dardini eshitib, Alloh mehribon, bundan katta gunohlarni ham kechirishga qodir, sen falon joyga bor, u yerda yaxshi odamlar yashaydi, ular bilan birga ibodat qil, deydi. Shundan so’ng boyagi odam o’sha aytilgan manzilga qarab yo’lga chiqadi. Ammo yarim yo’lga yetganda, ajali yetib, olamdan o’tadi. Azob va rahmat farishtalari kelib uni talasha boshlashadi. “Bu bizga qarashli, u yomon odam bo’lgan”, deydi azob farishtasi. “Yo’q, u tavba qilgan, ahli solihlarning oldiga kelayotgan edi”, deydi rahmat farishtasi. Shunda Alloh, “Uning turgan joyidan ahli solihlar manziligacha bo’lgan joyni o’lchanglar, agar solihlar makoniga yaqinroq bo’lsa, jannatiylardan qilib yozing, agar eski manziliga yaqin bo’lsa, do’zaxiylardan bo’lsin”, deydi. Sanab chiqishganda, u solihlar makoniga yarim qarich yaqin joyda boladi. Sanashayotganda, Allohning amri bilan solihlar makoni bilan uning o’rtasidagi masofa qisqaradi…

Zayd Shakir xuddi shu hadisni AQSH qamoqxonalaridan birida Islomni qabul qilgan mahbuslarga so’zlab berganda, bir burchakda yosh bir yigit qimtinib, ko’rinish bermay turgani haqida gapirdi. Keyinroq Zayd Shakirga xabar berishlaricha, shu yigit yuqoridagi hadisni eshitib musulmon bo’libdi. Aniqlanishicha, u 2 ta odamni o’ldirib, qamoqqa tushgan ekan. Xudo meni kechirmaydi endi, degan fikr uni Islomga kirishdan to’sib turgan ekan. Yuqoridagi rivoyat uning iymonga kelishiga sabab bo’libdi.

Allohning mehribonligi haqida gapiraturib, Zayd Shakir, “Uning rahmati sizning gunohlaringizdan kengroq, – dedi. – Har qanday og’ir gunoh qilgan bo’lsangiz ham, agar shirk sodir etmagan bo’lsangiz, Alloh istasa, sizni kechiradi, hatto tavba qilmay vafot etgan bo’lsangiz ham!” Shirk bu Allohga sherik keltirishdir. Masalan, nasroniylar payg’ambar Iso (alayhissalom) ni Xudoning o’g’li deb, shirk keltirishadi. Bunday e’tiqodda bo’lgan odam agar tavba qilmay olamdan o’tsa, abadiy do’zaxda kuyadi…

Bundan tashqari, Zayd Shakir xavf va rajo tushunchalarini ham tilga oldi. Ya’ni, musulmon odam doim xavf (gunohlari uchun Allohning g’azabidan qo’rqish) va rajo (har qanday og’ir gunoh qilgan bo’lsa ham Allohning rahmatidan umid qilish) o’rtasida bo’lishi kerak. Ibodatlari ko’payib, faqat savob ish qilayotgan bo’lsa ham, Alloh amallarimni qabul qilmasachi, degan qo’rquvda bo’lishi, shu bilan birga, gunohlarga botgan osiy bir mo’min bo’lsa ham, Alloh mehribon, gunohlarni istagan bandalari uhcun kechiradi, degan umidni yo’qotmasligi kerak. Zero, Allohning rahmatidan umidni uzish kufrdir!

Qiyomat haqida gapirib, “Uning alomatlarini kutmang! – dedi imom. – Zero, bir hadisda, Payg’ambarimiz (sallollohu alayhi va sallam) dan Qiyomatning alomatlari haqida so’rashganda, u kishi, sen Qiyomat uchun nima hozirlading, deb javob qaytarganlar”. Ya’ni, musulmon odam Qiyomatning alomatlarini ko’rgachgina xayrli amallarga shoshilmaydi. Balki doim ibodatda qoim bo’lishi lozim. Zero, inson uchun Qiyomatning qo’pishi o’limdan keyinoq boshlanadi. O’lim esa istalgan payt kelishi mumkin.

Yana, imom biz talabalarga Payg’ambarimiz (sallollohu alayhi va sallam)ning siyratlarini, shamoyillarini ko’p o’qishimizni tavsiya qildi. “Allohning rasulini sevish uning hayotini o’rganish bilan boshlanadi”, dedi.

Suhbatdan so’ng zal tashqarisida jamoat bo’lib xufton namozini o’qidik. Qiziqqanlar shu yerda savdoga qo’yilgan imom Zayd asarlarini xarid qildi. Kitoblarni ko’zdan kechirib turganimda, sotuvchi ayol to’satdan, siz o’zbekistonlikmisiz, deb so’rab qoldi. Ha, dedim, qayerdan bildingiz? Pensilvaniyada o’zbek tanishlarim bor, sizni ko’rib, yuzingizdan O’zbekligingizni sezdim, dedi sotuvchi opa.

Xursand bo’lib ketdim. O’zi boshqa millat vakili bo’lsa ham, mening O’zbekligimni tanidi. Men o’zim O’zbek bo’laturib, vatandoshlarimni hanuz yuzlaridan farqlay olmayman.